Filologiya fakulteti

30 March, 2023

Fakultet tarixi

Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali (1945-yil) da tashkil etilgan. 1956-yilda mazkur filial Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirildivaTarix-filologiya fakulteti tashkil etildi. 1963-yildan boshlab O‘zbek filologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. 1977-yilda Tarix-filologiya fakultetidan Filologiya fakulteti alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi. 1989-yilda tarix va filologiya fakultetlari birlashtirildi. 2008-yilda mazkur fakultet yana alohida ikkita fakultetga ajratildi. O‘zbek filologiyas ifakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2011-yilda tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb yuritilgan. 2014-yil avgust oyida tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida O‘zbek filologiyasi fakulteti deb yuritilgan. O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil noyabr oyida tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb nomlandi.

2021-2022- o‘quv yilida Filologiya fakultetida 1503 nafar talaba tahsil olmoqda.

Fakultet ma'muriyati

Filologiya fakulteti dekani

Ernazarova Gulnoza Xamrayevna

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+998 91) 216-08-09

E-mail: Ernazarova@umail.uz

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini

Ne’matova Yulduz Odiljanovna

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 97) 222-10-80

E-mail: nematovaulduz5@gmail.com

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Kenjayev To‘lqin Arabovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 955-76-96

E-mail: tkenjayev1972@umail.uz

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Tashtemirov Baxtiyor Otamurodovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 644-36-16

E-mail: baxtiyortoshtemirov2@gmail.com

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Raxmatova Zoira Haqnazarovna 

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 219-82-79

E-mail: zoira.raxmatova.82@mail.ru

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Ernazarov Zoxid Nazarovich 

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 90) 884-01-11

E-mail: zohidernazarov060384@gmail.com

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Akramov SHerzod Xalmirzayevich

Qabul vaqti: Har kuni: 09.00-17.00

Telefon: (+998 93) 152-00-82

E-mail: sherzod.akromov.82@mail.ru

Fakultet kafedralari

Adabiyotshunoslik kafedrasi

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

Rustili va adabiyoti

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

5120100–Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbektili)

5111300 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)

60230900 Folklorshunoslik va shevashunoslik 

60320400 Kutubxona axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)

60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili 

60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili 

60230700 Amaliy filologiya

Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:

5A111201–O‘zbek tili va adabiyoti

Hozirgi vaqtda  fakultetda 58 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, shundan: 2 nafari fan doktori, professor; 2 nafar fan doktori, dotsent; 9 nafar fan nomzodi, dotsent; 16nafar fan nomzodi, kattao‘qituvchi; 10 nafar katta o‘qituvchi, 19 nafari assistent - o‘qituvchilardir. Ilmiy salohiyat­­­- 50% ni tashkil etadi.

FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor berilib, universitet Axborot-resurs markazi, ZiyoNET tarmog‘i va boshqa saytlarda joylashtirib borilmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda 15 ta monografiya, 20 ta o‘quv qo‘llanma, 50 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 190 dan ortiq ilmiy maqolalar vа 350 dan ortiq tezislar xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda hamda ilmiy to‘plamlardan ashrettirildi.

Kafedralar

nomi

Darsliklar

soni

O‘quv qo‘llanmalar soni

Monografiyalar

soni

1.

Adabiyotshunoslik

-

8

8

2.

O‘zbek tilshunosligi

-

7

5

3.

Rus tili va adabiyoti

-

5

2

Fakultetda o‘zbek tili va adabiyoti hamda rus tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning ilmiy-nazariy seminari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu seminarlarda professor-o‘qituvchilar ilmiy ishlari bo‘yicha ma’ruzalar, ilmiy maqolalari, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning ishlari muhokama qilinadi va himoyaga tavsiya etiladi.

2018-yil iyun oyidan boshlab Qarshi davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.30.05.2018.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.

Fakultetning iqtidorli talabalaridan Islomova Shoira (2010-yil), Akbarov Muhiddin (2011-yil), Pirnazarova Sitora (2012-yil), Sulaymonov Bobur (2015-yil), Mamanova Adolat (2016-yil), Bobojonova Shoхsanam (2016-yil), Boymirova Dilshoda (2017-yil) Elmurodova Fazilat (2018-yil), Abatov Doston (2018-yil) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Fakultet talabasi Odilova Nodira 2015-yilda “Yilningengfaolyoshjurnalisti” Respublika ko‘rik tanlovining radio yo‘nalishida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kechakimedig-u, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovida qatnashgan fakultetning 2-kurs talabasi Tursunova Yulduz faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchisi 3-kurs talabasi Mamanova Adolat sertifikat bilan taqdirlandi.

Fakultet kafedralari qoshida 3 ta fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bular “Adabiyotshunoslik” kafedrasi qoshidagi “Ijod gulshani” (rahbari: f.f.n., S. Mo;minova) yosh ijodkorlarning adabiy to‘garagi, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi qoshida “Yosh tilshunos” (rahbari: o‘qituvchi f.f.f.d. Norxadjayeva) “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi qoshida “Slovesnik” (rahbari: katta o‘qituvchi L. Yuldosheva)  fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Adabiyotshunoslik kafedrasi

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

Rus tili va adabiyoti kafedrasi

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi