Universitet tarixi

12-Iyun 2023

1945 yil 1 sentyabrda Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan. 1992 yil 28 fevralda Prezident Qarori bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi. QarDU Janubiy mintaqa  ta'lim bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi.

Ta'lim muassasasida shu davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyoti soha va tarmoqlari uchun 70 ming nafardan ortiq, shundan 30 ming nafarga yaqini mustaqillik yillarida malakali kadrlar tayyorlandi.

Ish beruvchilarning fikriga ko‘ra, u O‘zbekistonning eng yaxshi oliy ta'lim muassasalari TOP-30 taligiga kiritilgan. Qarshi davlat universitetining korporativ mijozlari orasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi, “Qarshi Agrokalaster” MChJ boshqa taniqli korxonalari bor. QarDU xalqaro dasturlari Rossiya, Belorus, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh universitetlari va biznes maktablari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Qarshi davlat universiteti o‘z tarixi davomida o‘n minglab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorladi. Universitet bitiruvchilari davlat xizmatida, iqtisodiyotda, siyosatda muhim o‘rinlarni egallaydilar: ular hukumat a'zolari, Oliy majlis palatalari deputatlari, O‘zbekistondagi eng yirik korporatsiyalar va banklarda faoliyat ko‘rsatadilar va boshqaradilar. Uning bitiruvchilaridan universitet rektorlari va fan doktorlari chiqishdi.