Nazariy va eksperimental fizika kafedrasi

1-Mart 2025

Normurodov Dilshod Abdurazoqovich


Nazariy va eksperimental fizika kafedrasi mudiri,
Fizika-matematika fanlari falsafa doktori, dotsent
Telefon: +998 91 957-42-14
Elektron pochta: normuyrodovd1989@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha

Mehnat faoliyati

2009-2013 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti talabasi
2013-2015 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti magistranti
2015-2020 yy. - Qarshi davlat universiteti fizika kafedrasi o‘qituvchisi
2020-2022 yy. - Qarshi davlat universiteti tayanch doktoranti (o‘rindoshlik asosida nazariy va eksperimental fizika kafedrasi o‘qituvchisi)
2022 -2024 yy. - Qarshi davlat universiteti nazariy va eksperimental fizika kafedrasi mudiri
2024 y. - h.v.   - Qarshi davlat universiteti nazariy va eksperimental fizika kafedrasi mudiri, dotsent 

Kafedra tarixi

Nazariy va eksperimental fizika kafedrasi 2021-yil sentabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetida tarkibiy tuzilmasi asosida “Fizika” kafedrasidan ajralib chiqdi. Universitetning 2021-yil sentabrdagi № 1 sonli Ilmiy kengashining qarori va universitet rektorining 413 buyrug‘i bilan “Nazariy va eksperimental fizika” kafedrasi tashkil etildi.

Asosiy vazifalari

Bakalavr va magistrlarga mutaxassislik fanlarini sifatli o‘qitish, Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy axborot, innovatsion g‘oyalar va tajriba almashishni tashkil etish, xorijdagi oliy o‘quv yurtlarining ixtisoslashtirilgan kafedralari bilan birgalikda seminar va taqdimotlar o‘tkazish; kafedradagi fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanma monografiya o‘quv va o‘quv-metodik qo‘llanmalar tayyorlash nashr ettirish; iqtidorli talabalar bilan ilmiy-uslubiy ish olib borish; professor o‘qituvchilarning va iqtidorli talabalarning xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishi va h.k.

O‘qitiladigan fanlar

60530900-Fizika
Radioelektronika asoslari
Elektrodinamika
Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi
Termodinamika va statistik fizika
Kvant mexanikasi asoslari
Fizikaviy elektronika
Qattiq jismlar fizikasi
Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi
Kndensirlangan holat fizikasi
Nanotexnologiya asoslari
60530501-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
Nazariy fizikaning tanlangan boblari
Nochiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasi
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi
Nanofizika

Ilmiy ishlar

Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib boradi:
Qattiq jism yuza va yuzaosti sohalarini o‘rganish;
Yupqa nanoplyonkalar olish, elektron va fizik xossalarini o‘rganish;
Kafedra qoshida «Mikro va nanoelektronika» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilgan. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi Mikro va nanoo‘lchamli plyonkalarni qattiq jismlar sirtida hosil qilish, ularning strukturasi va xossalarini o‘rganish.

Tadqiqotchilar

Dovranov Xo‘jamqul Turaqulovich - Ion-plazma usuli bilan hosil qilingan metal silitsid va yarimo‘tkazgich birikmalarining strukturaviy tuzulishi, elektrofizik va optik xossalari; Ilmiy maslahatchi: prof.M.Normuradov
Davlatov Muzaffar Abduhamidovich - Yarimo‘tkazgichli ( BaTiO3/Si(111), SiC/Si(111)) yupqa plyonkalarining hosil bo‘lishi, ularning optik va elektrofizik xossalari; Ilmiy maslahatchi: prof.M.Normuradov
Ishboboyev Sardor Nurbobo o‘g‘li - Ion-plazma usuli bilan olingan ikki komponentli silitsidlarning sirt va sirt osti xossalari, optik va elektrofizik xususiyatlarini tadqiq qilish; Ilmiy maslahatchi: prof.A.Tashatov
Qodirov Aslbek Rahmon o‘g‘li - Quyosh energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishda nanotexnologiyaning roli; Ilmiy maslahatchi: prof.M.Normuradov
Ishmurodov Elmurod Axmadovich - Qattiq jism sirtida nano plyonkalar olish va ularning texnologiyasi;  Ilmiy maslahatchi: dots. D.Normurodov
Tuychiyev Nurbek Burhon o‘g‘li - Ion-plazma usuli yordamida nanoo‘lchamli strukturalarni hosil qilish, ularni optik va elektrofizik xususiyatlarini o‘rganish; Ilmiy maslahatchi: prof.M.Normuradov
Ko‘charov Safarali Shavkat o‘g‘li - Turli qatlamli yarimo‘tkazgichlarda nanoqatlamlar CrSi2/Si, CoSi2/Si, va GaCrAr/GaAs o‘tish chegarasining optik, elektrofizik xossalarini va yuza morfologiyasi; Ilmiy maslahatchi: dots.I.Bekpulatov

Hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi O‘z RFA Ion-plazma va lazer texnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti,

Fizika-texnika ilmiy-tadqiqot birlashmasi,

O‘zbekiston Milliy universiteti,

Toshkent davlat texnika universiteti,

Samarqand Davlat universiteti,

Gamburg-Garburg texnika universiteti (Germaniya),

Rossiya texnologiya universiteti (Moskva),

Radiotexnika va elektronika ilmiy tadqiqot instituti (Moskva),

Muborak gazni qayta ishlash zavodi,

Shurtangaz kimyo kompleksi,

Tallimarjon IES, hamda boshqa ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy hamkorlik ishlarini olib bordi.

Kafedra o‘qituvchilari

Normurodov Dilshod Abdurazoqovich, f.-m.f.f.d., dots
Normuradov Muradulla, f.-m.f.d., prof
Tashatov Allanazar Qarshiyevich, f.-m.f.d., prof
Bekpulatov Ilxom Rustamovich, DSc, dots
Allayarova Gulmira Xolmuratovna, f.-m.f.f.d., dots
Dovranov Quvondiq Turaqulovich, f.-m.f.f.d.
Odilova Nilufar Jurayevna, katta o‘qituvchi
Nurmatova Dildora Jumaboyevna,  o‘qituvchi
Jumanov Shokir Eshimovich,  o‘qituvchi
Suyunov Laziz Abdumannon o‘g‘li,  o‘qituvchi

Sahifalar

Fizika fakulteti
Nazariy va eksperimental fizika kafedrasi
Umumiy fizika kafedrasi
Sanoat muhandisligi kafedrasi