Sport faoliyati kafedrasi

12-Mart 2025

Xurramov Jasur Qo‘yliyevich


Sport faoliyati kafedrasi mudiri, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd),professor
Telefon: +998 90 638-20-19
Elektron pochta: khurramov.zhk@qarshidu.uz
 
Qabul kunlari: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha

Mehnat faoliyati

1994-1998 yy.- Qarshi davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi 
1998-2001 yy.- Qarshi davlat universiteti qoshidagi 1-sonli akademik litsey jismoniy tarbiya rahbari 
2001-2004 yy.- Qarshi davlat universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi 
2004-2008 yy.- Qarshi davlat universiteti fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi 
2007-2008 yy.- Qarshi davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini
2008-2014 yy.- Qarshi davlat universitetining jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi 
2014-2017yy.- Qarshi davlat universitetining jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi 
2017-2021 yy-Qarshi davlat universiteti Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri
2021-2022 yy- Qarshi davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti dekani
2022-2023 yy- Qarshi davlat universitetining Jismoniy tarbiya va sport turlari kafedrasi dotsenti
2023-yildan hozirgi kunga qadar Qarshi davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi mudiri

Kafedra tarixi

Sport faoliyati kafedrasi 2023-yil 4-sentyabrda tashkil topgan. 
Ayni vaqtda Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd),Dotsent Xurramov Jasur Qo‘yliyevich kafedra mudiri lavozimida ish olib bormoqda. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilardan: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd),B.Hudoyberdiyev, dotsent O’.Nuraliyeva, katta o‘qituvchilar  B.Salaydinov, SH. Nurov, M. Yodgorovlar talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Asosiy vazifalari

Oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

O‘qitiladigan fanlar

Bakalavr bo‘yicha kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

-Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi;

-Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi;

-Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi;

-Suzish va uni o‘qitish metodikasi;

-Sport mahoratini oshirish;

-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish.

  Tanlov fan:

- Sport inshootlari;

- Turizm;

- Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish;

- Ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish.

Ilmiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilarining faoliyati davomida 1 ta monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 7 ta o‘quv qo‘llanmalar, 2 ta darslik tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi. Jumladan, 2023–2024 o‘quv yilining o‘zida kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida 2 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma nashr etildi.

Tadqiqotchilar

Hozirgi kunda bir qator kafedra o’qituvchilari ilmiy faoliyat bilan shug’ullanib kelmoqda  xususan, Bo’riyev Kamol Suyunovich – 13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”  ixtisosligi bo'yicha  “Yosh kurashchilarni musobaqa faoliyatini modellashtirish asosida o’quv – mashg’ulotlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy faoliyat olib bormoqda. Akbarov Sherzod Axrorovich  -13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”  ixtisosligida “7-9 yoshli o’quvchilarning koordinatsion qobilyatlarini jismoniy tarbiya darslarida aylanma mashg’ulot uslubida maqsadli rivojlantirish” mavzu doirasida ilmiy faoliyat olib bormoqda. Abduholiqov Beknur Alisher o’g’li –13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligida “Oliy ta'lim muassasalarining talabalarini futbol maxsus mashqlari asosida jismoniy sifatlarini takomillashtirish” mavzu doirasida ilmiy faoliyat olib bormoqda.
 

Hamkorlik

Kafedra O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, TDPU, BuxDU, SamDU, O‘zMU, TerDU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Kafedra o‘qituvchilari

Sport faoliyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi:

1. Xurramov Jasur Qo‘yliyevich              Phd.  Professor  kafedra mudiri
2. Xudoyberdiyev Baxtiyar Raxmatullayevich     Phd. dotsent      
3. Nuraliyeva O‘g‘iloy Shomuratovna                     Dotsent.  
4. Norov Olim Toshpo‘latovich                                  Dotsent
5. Akbarov SHerzod Axrorovich                                 Dotsent   
6.Salaydinov Botir Meyliyevich                                v.b. dotsent.  
7.Yomg‘urov G‘offor Bobosharipovich                     v.b. dotsent
8. Suvonov Qodir Yuldoshevich                               v.b. dotsent
9.Nurov Shakir Roziqovich                                          v.b. dotsent.  
10.Yodgorov Mansur Abdialimovich                          v.b. dotsent.  
11.Bo‘riyev  Kamol Suyunovich                                    katta  o‘qituvchi
12. Normurodov Ulug‘bek Meyleyivich                       katta o‘qituvchi
 13. Rayhonov Abror Muhammadiyevich                    o‘qituvchi 
14. Safarov Anvar Safarovich                                          o‘qituvchi
15. Rahimov Musirmon Berdiyevich                              o‘qituvchi
16.  Soatov Dilshod Maxmaraimovich                            o‘qituvchi
17.  Atavullayev Bekzod Baxtiyoro‘g‘li                             o‘qituvchi
18. Abduholiqov Beknurjon Alisher o‘g‘li                            o‘qituvchi

 

Sahifalar

Sport fakulteti