Kafedra mudiri:
Kayumova Nasiba Ashurovna
Telefon: (+998 91) 459-30-95
Elektron manzili: kayumovanasiba@mail.ru
Kafedra haqida
Qarshi davlat universiteti rektorining 2021-yil 1-noyabr №508-X buyrug‘i bilan fizika-matematika fakulteti tarkibidagi Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi bazasida Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 2021-yil 1-noyabrdan buyon pedagogika fanlari doktori (DSc), Kayumova Nasiba Ashurovna mudirlik qilmoqda.
Kafedrada 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi” va 5110100 – “Matematika va informatika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi. Ayni vaqtda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi, 1 nafardan kabinet mudiri va laborant faoliyat ko‘rsatmoqda. Professor-o‘qituvchilardan 1 nafari fan doktori ((DSs),), 4 nafari fan nomzodi, dotsent, 1 nafari falsafa doktori (PhD), 3 nafari katta o‘qituvchi va 4 nafari assistent-o‘qituvchilardir.
Kafedrada universitetning 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi”, 5110100 – “Matematika va informatika”, 5130200 – “Amaliy matematika” ta’lim yo‘nalishlariga tegishli ixtisoslik fanlarini hamda universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani o‘qitiladi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
Kayumova Nasiba Ashurovna – kafedra mudiri, p.f.d.( DSs) dotsent
Karimov Qayum Mamashayevich – p.f.n., dotsent
Begmatova Nodira Hakimovna – p.f.n., dotsent
Jo‘rayev To‘ychi Norbo‘tayevich – p.f.f.d. (PhD), v.b. dotsent
Safarov Laziz Sayimovich – katta o‘qituvchi
Daminova Barno Esonovna – katta o‘qituvchi
Shodiyev Fayzulla Yusupovich – katta o‘qituvchi
Razzoqov Ilhom Davronovich – o‘qituvchi
Saidova Dilfuza Ergashevna – o‘qituvchi
Bozorova Irina Jumanazarovna – o‘qituvchi
Husanova Surayyo Hamza qizi – o‘qituvchi
Yuldoshev Ismoil Abriyevich – p.f.f.d. (PhD), dotsent (o‘rindoshlik asosida)
Norov Abdisait Murodovich – t.f.f.d. (PhD), dotsent (o‘rindoshlik asosida)
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
IT texnologiyalar asosida ta’lim samaradorligini oshirishning metodik asoslari;
O‘zbek kompyuter lingvistikasida matnni qayta ishlash va intellektual tahlil qilish.
Kafedra a’zolari tomonidan ilmiy hamkorlik olib borilgan muassasalar: Rossiya ferederatsiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqot universitetining muhandislik va raqamli texnologiyalar instituti, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zMU, TATU, SamDU, BuxDU va SDCHI kabi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqaga ega.
Kafedra qoshida “Algoritmlar”, “Kompyuter savodxonligi” va “Shaxmat va shashka” to‘garaklari reja asosida faoliyat ko‘rsatib, ularga 30 dan ortiq iqtidorli talabalar muntazam ishtirok etib kelmoqda hamda talabalarga ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ilmiy-texnik ma’lumotlar, innovatsion g‘oyalar va tajriba almashishni tashkil etish, xorijdagi universitetlarning mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlikda seminar va taqdimotlar o‘tkazish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.
Har o‘quv yilida “Informatika o‘qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari akademik litseylarda va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida malaka amaliyotini o‘taydilar.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-uslubiy ishlar professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan holda olib borilmoqda.
Shuningdek, Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda bir nechta iqtidorli talabalar ishtirok etib kelmoqdalar.
2022-2023 yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro bazalarda indekslangan Scopus bazasi hamda OAK e’tirofidagi jurnallarda 8 ta ilmiy maqola chop ettirilgan.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2022-2023 yillar davomida yaratilgan dasturlar uchun 12 ta mualliflik guvohnomalari rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Hozirgi kunda kafedra qoshida “Matematika va informatika” ilmiy-uslubiy seminari faoliyat yuritmoqda. Unda ilmiy ma’ruzalar, maqolalar va dissertatsiya ishlari muhokama etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilaridan T.Jo‘rayev fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ustida, B.Daminova, L.Safarov, F.Shodiyev, I.Razzoqov, D.Saidovalar esa falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.