Sport fakulteti

17-Fevral 2025

Jabborov Akbar Tuxliyevich


Sport fakultet dekani,
Telefon: +998 91 637 27 77
Elektron pochta: 
 
Qabul kunlari: Haftaning Seshanba Juma kunlari 14:00 dan 16:00 gacha

Mehnat faoliyati

1995-1999 yy. - Qarshi davlat universiteti talabasi

1999-2002 yy. - Qarshi davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi labaranti

2003-2005 yy - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti magistranti

2006-2014 yy. - Qarshi davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi

2014-2018 yy. - Qarshi davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi

2018 -2023 yy. - Qarshi davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi

2023 -2024 yy. - Qarshi davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsenti

2024 y. - h. v. - Qarshi davlat universitetining Sport fakulteti dekani.

Fakultet tarixi

Sport fakulteti 1965 yilda Qarshi davlat pedagogika institutining Tabiatshunoslik fakulteti tarkibidan ajralib chiqib bo‘lim sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Mazkur bo‘lim 1971 yil Jismoniy madaniyat fakultetiga aylantirilgan. 2023 yildan boshlab Jismoniy madaniyat fakulteti nomi Sport fakulteti deb o‘zgartirildi.O‘tgan davr maboynida fakultetda prof. Sh.Qurbonov, prof. Y.Xudoyberdiyev, dots. G.Salixov, k.o‘q. N.Jalilov, dots. Sh.U.Sultonov, k.o‘q. F.G.Qahhorov, dots. F.Eshpo‘latov, dots. J.Xurramovlar dekanlik lavozimida ishlaganlar. 2022 yil oktabr oyidan boshlab fakultet dekani vazifasida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F.Egamberdiyev faoliyat yuritgan. 2024 yiladan boshlab dotsent Jabborov Akbar Tuxliyevich dekan lavozimida ishlamoqda. Fakultet tarkibida 2 ta kafedra mavjud: “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi va “Sport faoliyati” kafedrasi mavjud.

Asosiy vazifalari

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilgan tarzda olib bormoqda.

Bakalaviatura yo‘nalishlari

61010300-Sport faoliyati (Kurash, Dzyudo, Futbol, Voleybol, Yengil atletika)

Magistratura mutaxassisliklari

71010201-Sport faoliyati (Yengil atletika)

Fakultetning iqtidorli talabalari

Fakultetda ko‘plab taniqli sportchilar, jumladan, 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlarida suzish bo‘yicha 3 ta bronza medal 2020-yil Tokio para olimpiadasi kumush medali soxibasi Toshpo‘latova Shoxsanam, Dzyudo bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempioni (2018 y.) Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Okeaniya halqaro turnir g‘olibi, Tokio-2020 Paralimpiya musobaqasiga kumush medali sohibi Karomatov Davurxon Fozil o‘g‘li Yengil atletika bo‘yicha 15 karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo va Jahon chempionati ishtirokchisi, Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Hamroqulov Jaloliddin Karate bo‘yicha jahon kubogi sovrindori, bir necha bor Osiyo chempioni Sofiya Kaspulatova,  milliy kurash bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Bahrom Avazov, milliy kurash bo‘yicha ayollar o‘rtasida bir necha bor Osiyo chempionlari, jahon birinchiligi ishtirokchilari Abdurahimova Dilafro‘z, Donayeva Dinara, Eshtemirova Sohibalar, dzyu-do bo‘yicha olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari Muxtorov Alisher, Farmonov Mirzohid, dzyu-do bo‘yicha jahon kubogi ishtirokchisi, gran-pri sovrindori Soyib Qurbonov, dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempioni Dilfuza Temirova, futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Filiposyan Artyom, To‘rayev Kenja, Suyunov Eldor, A’zamov SHerzodlar, Yunon rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Ergashev Elbek, Osiyo chempionati sovrindori Turdiyev Jahongir, 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Norov Sirojiddin, Suzish sporti bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Amanova Ra’noxon, Amilov Farhodbeklar, Karate bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchisi Egamberdiyeva Farangiz, Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchisi Kenjayev Davronlar tahsil olganlar. O‘zbekiston Respublikasi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Universiada” sport musobaqalarida fakultet talabalari bir qator sport turlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallashgan. Jumladan, dzyu-do bo‘yicha Bo‘tayev Muhriddin va Saidov Rustam hamda, milliy kurash bo‘yicha Abrayev Davlatlar oltin medal sohibi bo‘lganlar.

Hozirgi kunda fakultetda 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida suzish bo‘yicha oltin medal sohibasi Amilova Fotimaxon, Boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioni Tojiyev Azizbek Xusniddin o‘g‘li, Milliy kurash bo‘yicha Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionati sovrindori Normo‘minov Arnold, Milliy kurash bo‘yicha Jahon chempionati bronza medali sohibasi Ergashova Filura, Dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempioni Xolmurodova Farangiz, Dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempionati bronza medali sohibi Murtazayev Nurbek, Yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati sovrindori Yuldoshev Dilshod, Karate bo‘yicha Osiyo va markaziy Osiyo chempioni, qator xalqaro turnirlar g‘olibi, I-MDH mamlakatlari o‘yinlari” bronza medali sohibi Egamberdiyeva Bonu, Futbol bo‘yicha 23 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempionlari Davronov Raximjon va boshqa bir qator sport turlari bo‘yicha Osiyo hamda Respublikamiz chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlari tahsil olib kelmoqdalar. Hozirgi kunda universitetimizda “Lochin” futbol jamoasi tashkil qilingan. Ushbu jamoada fakultetimizning talabalari to‘p surmoqdalar. Quvonarlisi shundaki ushbu jamoamiz 2022-yil Qashqadaryo viloyati kubogi sohibi bo‘ldi.

Kafedralar

“Sport faoliyati” kafedrasi 2023-yil 4-sentabrda tashkil topgan. Ayni vaqtda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xurramov Jasur Qo‘yliyevich kafedra mudiri lavozimida ish olib bormoqda. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilardan: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) B.Hudoyberdiyev, dotsent O‘.Nuraliyeva, katta o‘qituvchilar B.Salaydinov, Sh. Nurov, M. Yodgorov, Norov Olim Toshpo‘latovich, Yomg‘urov G‘offor, o‘qituvchilar Safarov Anvar Safarovich, Rayhonov Abror Muhammadiyevich, Suvonov Qodir Yo‘ldoshevich, Rahimov Musirmon Berdiyevich, Bo‘riyev Kamol Suyunovich, Akbarov SHerzod Axrorovich, Normurodov Ulug‘bek Meyleyivich, Atavullayev Bekzod Baxtiyoro‘g‘li, Soatov Dilshod Maxmaraimovich, Abduholiqov Beknurjon Alisher o‘g‘li talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar. “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 1971-yil tashkil topgan. O‘tgan yillar moboynida kafedra “Sport asoslari”, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, “Jismoniy tarbiya va sport turlari”, “Jismoniy tarbiya va sport” nomlari bilan o‘zgarib kelgan. Kafedrada vohada ko‘zga ko‘ringan sport ustalari professor Y.Xudoyberdiyev, dots.L.A.Salixov, katta o‘qituvchilar M.T.Xaqberdiyev, M.Berdiyev, V.M.Fursov, M.Madaminov kabi ustozlar faoliyat olib borgan. Bugungi kunga qadar kafedraga dots. I.R.Vardiashvili, dots. S.B.Rasulov, katta o‘qituvchilar F.G.Qaxxorov, F.R.Eshpo‘latov, S.B.Salaydinovlar rahbarlik qilgan. Ayni vaqtda p.f.n. dotsent Sh.U.Sultonov kafedra mudiri lavozimida ish olib bormoqda. Sh.U.Sultonov, dots. A.Jabborov, dots. F.Eshpulatovlar, dots. G.Raxmonova talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar. “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasida 14 nafar prof-o‘qituvchilar ulardan 1 nafari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.Sultonov, 3 nafar dotsent A.T.Jabborov, F.Eshpulatov, G.Raxmonova, 7 nafar katta o‘qituvchilar F.Qaxxorov, A.Umarov, A.Xazratqulov, B.Begaliyev, G‘.Eshmatov, R.Ochilov, O.Umarov, 3 nafari E.Karimov, D.Raimova, B.Nuriddinov kabi o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport turlari kafedrasi

Sport faoliyati kafedrasi