Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

2-Mart 2025

Bobonazarova Diyora Alisherovna


Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,
magistr
Telefon: +998 93-930-20-37
Elektron pochta: bobonazarova@qarshidu.uz
 
Qabul kunlari: Haftaning Chorshanba, payshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

2010 - 2014 yillarda Qarshi davlat universitetining Ingliz tili yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan.

2014 - 2016 yillarda Qarshi davlat universitetining magistratura bo‘limining Lingvistika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan.

2016 - 2021 yillarda Qarshi davlat universitetining Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan.

2021 - 2023 yillarda Qarshi davlat universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan.

2023 yildan hozirgi vaqtgacha Qarshi davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. 

Kafedra tarixi

Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida 11,25 shtat birligida 12 nafar professor-o’qituvchilar: 2 tа Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 4 nafar katta o’qituvchi, 4 nafar o’qituvchi va 2 nafar stajyor-o’qituvchilar faoliyat yuritadi. Texnik xodimlar soni 1 ta, kafedra professor-o’qituvchilarining o‘rtacha yoshi – 35 yosh. Kafedraning ilmiy salohiyati 17 % ni tashkil etadi.

Asosiy vazifalari

Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili yo’nalishi bo’yicha hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bo’yicha barcha zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlaydi!

O‘qitiladigan fanlar

Nutq ko’nikmalari integratsiyasi

O’qish va yozish amaliyoti

Til aspektlari amaliyoti

Amaliy tilshunoslik (Roman-German tillari bo’yicha)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Asosiy xorijiy til

Jahon adabiyoti

Ilmiy ishlar

Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan 2023 yil 9 sentabr kuni kafedra katta o’qituvchisi D. Ochilova Jon Draydenning "Avrangzeb" fojiasi lingvopoetikasi mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi. 2023 yil 21 oktyabr kuni kafedra katta o’qituvchisi N.Jumayeva Uilyam Folknerning ilk ijodidagi janr xilma xilligi mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi. Bundan tashqari, kafedraning katta o’qituvchilari – Begimqulova Dilobar va Jo’rayev Nurbeklar ilmiy ishlari himoyasi ostonasida turibdilar.

Tadqiqotchilar

Kafedradaning qolgan barcha professor-o’qituvchilari mavzulari va ilmiy rahbarlari tasdiqlangan holda mustaqil tadqiqotchi sifatida o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Xususan, kafedraning 5 nafar professor-o’qituvchilari 10.00.06 – Qiyosiy adabiyot va chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha o’z ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar.

Xalqaro aloqalar

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi har yili jahon top 1000talik ro’yxatdan o’rin olgan universitetlardan professor-o’qituvchilarni taklif qiladi va talabalar uchun bir-biridan qiziq dars va mashg’ulotlarni tashkil qilishadi. Xususan, Ispaniya davlati, Kastilla-La Mansha universiteti bilan uzviy akademik aloqalarni olib boradi.

Kafedra qoshida ikkita yo’nalish mavjud bo’lib, bular:

60110900 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili;

60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili.

Kafedra o’qituvchilari I. F. SH.

Bobonazarova Diyora Alisherovna  - kafedra mudiri.

Ochilova Dilafruz Bahromovna - filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori.

Jumayeva Nilufar Gulomovna - filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori.

Muratova Manzura Islomovna - katta o‘qituvchi.

Jo‘rayev Nurbek Djumanazarovich - katta o‘qituvchi.

Begimqulova Dilobar Baxtiyor qizi - katta o‘qituvchi.

Madjidova Diyora Alisher qizi - assistent o‘qituvchi.

Davurova Umida Jo‘raqul qizi - katta o‘qituvchi.

Xoliqova Muhayyo Alisher qizi - stajyor o‘qituvchi.

Ahmatjonova Sevara Akramovna - stajyor o‘qituvchi.

Shonazarov Mansur Egamqulovich - o‘qituvchi.

Tursunboyev Bektosh Norbo’tayevich - o‘qituvchi.