Ingliz tili malakasini mustahkamlash

21-avgust 2024

Reinforcing English Language Competence (Qarshi DU da ingliz tili malakasini mustahkamlash) – Toshkentdagi AQSH elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha doirasida Qarshi davlat universitetida ta’lim olayotgan, yo‘nalishlari ingliz tiliga aloqador bo‘lmagan o‘qituvchilar va talabalarga Ingliz tilini o‘rgatish, ularni xalqaro til bilish testlariga (TOEFL) tayyorlash bo‘yicha kurslar tashkil etildi. Ushbu kurs davomida 70 nafardan ortiq talaba va o‘qituvchilar ingliz tili malakalarini mustahkamladilar.

Bajarish muddati: 2021 yil noyabr – 2023 yil dekabr; qiymati 24 954 AQSH dollari