Zoologiya kafedrasi

2-Mart 2025

Bobonazarov Gappar Yadgarovich


Zoologiya kafedrasi mudiri,
biologiya fanlari nomzodi, professor
Telefon: +998 93 931 79 31
Elektron pochta: bobonazarov.gy@qarshidu.uz
 
Qabul kunlari: Haftaning dushanba, payshanba kunlari:  09:00dan -17:00gacha

Mehnat faoliyati

Zoologiya  kafedrasi mudiri professor Gappar Bobonazarov Yadgarovich Mehnat faoliyatini 1983 yildan Qarshi davlat pedagogika instituti Zoologiya kafedrasida laborantlikdan boshlagan. 1987-1994 yillarda Zoologiya kafedrasida o‘qituvchi, 1994-1996 yillarda O‘zP FA Zoologiya ilmiy tekshirish institutida stajyor-tadqiqotchi, 1997 yil 17 oktabrda O‘zR FA Zoologiya instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan DK.015.10.01 Kengashida “O‘zbekiston janubiy hududlari sharoitida Sarcoptes Latr, 1806 avlodi (Sarcoptiformes: Sarcoptidae) kanalari ekologiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022- yilda O'bekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq Zoologiya ixtisosligi bo'yicha professor unvonini olgan. 1996-1998 Qarshi davlat universiteti - Tabiiyotshunoslik fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, 1998-2000 yillarda - Ekologiya kafedrasi mudiri, 2000-2003 yillarda - Sirtqi_ta’lim fakulteti dekani, 2003-2006 yillarda - mazkur fakultet dekanining umumiy  ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2006-2016 yillarda  Qarshi davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2016-2020 yillarda – Zoologiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti, 2020 yil 28 fevraldan hozirgi kungacha Zoologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra tarixi

Zoologiya kafedrasi 2021 yil oktabr oyida Qarshi davlat universitetining yangilangan tuzilmasiga muvofiq Zoologiya va fiziologiya kafedrasi negizida qayta tashkil etilgan

Asosiy vazifalari

Kafedrada "60510100 Biologiya (turlari bo‘yicha)" yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, "70510101 Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya)" mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi

O‘qitiladigan fanlar

Zoologiya, Gistologiya, sitologiya va embriologiya, Individual rivojlanish biologiyasi, Biologiya, Evolyutsion biologiya, Tuproq biologiyasi, Bioxilma-xillik, Biozararlanish, Populyatsiyalar ekologiyasi, Zoogeografiya,  Umumiy gidrobiologiya,Akrologiya, Intensiv akvakultura, Baliq kasalliklari, Gelmintologiya, Malakalogiya, Teriologiya.

Ilmiy ishlar

Zoologiya kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda ( ) 15 dan ortiq maqolalar, 4 ta darslik,4 ta monografiya 5 ta o'quv qo'llanma, 6 ta elektiron modul dastur, 1 ta Qo'tirga qarshi vosita ixtirosi uchun davlat patenti hamda 2024 yilda "Hayvonat olamini o'rganishning dolzarb muommolari va istiqbollari" mavzusida xalqoro ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi. Kafedrada quyidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib boriladi:

1. Janubiy O‘zbekistonning hayvonot olami faunasi bioekologiyasi, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish.

2. O‘zbekiston janubida qishloq xo‘jalik hayvonlari va ekinlari, ular mahsuldorligiga zarar keltiruvchi parazitlar va zararkunandalar

Tadqiqotchilar

1. Omonova Nafisa Raximovna. Ilmiy ish mavzusi: "Qashqadaryo viloyati sharoitida tovuqlar ektoparazitlari faunasi va bioekologiyasi"

2. Norqobilova Zarina Boyqobil qizi.Ilmiy ish mavzusi:" Qashqadaryo viloyati  ninachilarining (Insecta: Odonata) tur tarkibi, tarqalishi va bioekologik xususiyatlari"

3. Xosilova Guzal Abdiqayumovna. Ilmiy ish mavzusi:" Kavsh qaytaruvchi hayvonlar parazitlari - Paramphistomida Skrjabin et Schulz, 1937 turkumi trematodalari tur tarkibi va bioekologik hususiyatlari (Markaziy va Janubiy O'zbekiston misolida)"

4. Orziyeva Yoqutoy Matnazar qizi. Ilmiy ish mavzusi:"Zarafshon tog' tizmasi janubiy yon bag'ri qorinoyoqli mollyuskalarning bioekologik xususiyatlari". Barcha tadqiqotchilar 03.00.06 Zoologiya ixtisosligi bo'yicha ilmiy faoliyat yuritmoqda. 

Hamkorlik

Kafedra Rossiya Federatsiyasining oliy ta'lim muassasalari va institutlari (Oltoy davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat veterinariya tibbiyoti universiteti), Pavlodar pedagogika universiteti nomidagi E. Marg'ulan (Pavlodar, Qozog'iston) va O'zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, O'zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti, Shahrisabz va Qarshi tibbiyot kollejlari, Qashqadaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi va uning hududiy bo'linmalari, Qashqadaryo viloyati don ekinlari seleksiyasi va urug'chilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalari (jumladan, Muborak GQIZ, Qashqadaryo viloyati ovchilar va baliqchilar sport jamiyati, Qashqadaryo viloyati "EKO TUR" MChJ, Qashqadaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi) hamda O’zbekiston Respublikasi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qilmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari

1. Bobonazarov Gappar Yodgorovich - Kafedra mudiri, biologiya fanlari nomzodi, professor;                        

2. Davronov Barno Orziyevich - biologiya fanlari nomzodi, dotsent;                                                    

3. Ro‘ziyev Baxtiyor Xushmurodovich - biologiya fanlari nomzodi, dotsent;                                          

4. Rahmatullayev Alimardon Yusupovich - biologiya fanlari nomzodi, dotsent;                                          

5. Bo'riyeva Xurshida Parda qizi- Phd, katta o'qituvchi 6. Toshov O‘tkir Jumayevich - dotsent;                      
7. Norqobilova Zarina Boyqobil qizi - assisent-o‘qituvchi;
8. Omonova Nafisa Raximovna - assisent-o‘qituvchi;   
9. Nosilova Guzal Abdiqayimovna - assisent-o‘qituvchi;
10. Orziyeva Yoqutoy Matnazar qizi -  assisent-o‘qituvchi.