Djurayev Xurshid G‘aybullayevichQarshi davlat universiteti Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor
Telefon: +998 75 220-02-15 Elektron pochta: xurshid.djurayev.qdu@mail.ru
Qabul kunlari : Haftaning seshanba va juma kunlari soat 15-00 dan 18-gacha |
Djurayev Xurshid G‘aybullayevich1983 yil 19 iyul kuni Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2006-yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘quv bo‘limida uslubchi vazifasidan boshlagan. 2006-yil-“Gidrotexnika-irrigatsiya” xusiy ishlab-chiqarish korxonasi xisobchisi, 2006-2015 yillar- Qashqadaryo viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi marketing, qurilish dasturlarini tuzish va tanlov savdolarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017-yilda Qashqadaryo viloyat hokimligi injiniring kompaniyasining iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda Kompaniya direktori vazifasini bajaruvchi, 2017-2019 yillarda “Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat injiniring kompaniyasi Qashqadaryo viloyat filiali direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati filiali direktori, 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsuvta’minot”AJ “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Qashqadaryo viloyati xududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
2023-yil 17-martdan Moliya-iqtisod ishlari prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.