![]() |
Diyorova Muxabbat XurramovnaAgrokimyo va ekologiya kafedrasi mudiri,
|
1987-1992 yillari Toshkent davlat universitetini muvaffaqiyatli tugatgan. 1992 yil 2-sentabrdan Qarshi davlat universiteti Zoologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari kafedrasiga assistent o‘qituvchi bo‘lib qabul qilingan. 2003-yil mart oyidan Tuproqshunoslik kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida, 2018-yil mart oyidan biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, 2020-yil 29-fevraldan Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, 2021-yil 23-sentabrdan Agrokimyo va ekologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borish bilan birga 2021- yildan dotsent bo‘lib mehnat faoliyatini davom etdirib kelmoqda.
Agrokimyo va ekologiya kafedrasi 1994 yil may oyida Zoologiya va qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi negizida tashkil etilgan. Kafedrada 2 nafar fan doktori professor va dotsentlar, 8 nafar ilmiy darajali dotsentlar, 2 nafar ilmiy darajali dotsent v.b. 2 nafar katta o‘qituvchi, 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Barcha o‘qituvchilar magistirlik darajasiga ega bo‘lib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr, magistr talabalari va tayanch doktorantlar tayyorlanadi.
60710700-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik (bakalavr)
60710400-Ekologiya va atrof - muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)(bakalavr)
60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik (bakalavr)
60811800 –Meva- sabzavotchilik va uzumchilik (bakalavr)
60812000 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish (bakalavr)
60810500- O‘simliklar himoyasi va karantini (bakalavr)
70810203-Tuproqshunoslik (magistratura)
70520202 -Ekologiya (magistratura)
70811901- Sabzavotchilik va polizchilik (magistratura)
7081180 - Mevachilik (magistratura)
06.01.06. - “Sabzavotchilik” tayanch doktorantura
Bakalavr yo‘nalishlari uchun
1. Tuproqshunoslik
2. Agrokimyo
3. Dehqonchilik va melioratsiya
4. O‘simlikshunoslik
5. Genitik tuproqshunoslik muammolari
6. Meva va sabzavotchilik
7. Tuproq fizikasi
8. Tuproq va o‘simlikni tadqiq qilish usullari
9. Yer kadastri va tuproq bonitirovkasi asoslari
10. O‘simliklarni himoya qilish
11. Tuproq kimyosi
12. Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi
13. Ekologiya
14. Paxtachilikda agrokimyo
15. Qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat
16. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
17. Meliorativ tuproqshunoslik va tuproq muhofazasi
18. O‘g‘it qo‘llash tizimi
19. Tuproqshunoslikda GAT texnologiyasi
20. Umumiy entomologiya va hashoratlar sistematikasi
21. Tuproqshunoslik va agrokimyo
22. Issiqxona mevachiligi
23. Issiqxonada sabzavot ekinlarini hayotiy omillarini boshqarish
24. Himoyalangan yer polizchiligi
25. Issiqxonalarda servis xizmat ko‘rsatish
26. Himoyalangan yer inshoatlari turlari va tuzilishi
27. Issiqxonalarda sabzavot ko‘chatchiligi
28. Kam tarqalgan sabzavot ekinlarini issiqxonalarda yetishtirish
29. Issiqxona ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi
30. Melioratsya va yer tuzish
31. Issiqxona ekinlari urug‘chiligi va ko‘chatchiligi
32. Issiqxona ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish
33. Sabzavotchilik va polizchilik
34. Himoyalangan yer sabzavotchiligi
35. Sabzavot ekinlari biologiyasi
36. Meva ekinlari biologiyasi
37. Jaxon sabzavotchiligi
38. Rezavor mevachilik
39. Meva bog‘larini o‘g‘itlash tizimi
40. Sabzavot ekinlari urug‘chiligi
41. Meva ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
42. Uzum yetishtirish texnologiyasi
43. Mevachilik
44. Tok biologiyasi va ko‘chatchiligi
45. Intensiv mevachilik
46. Supturopik o‘simliklar
47. Uzumchilik
48. Uzum seleksiyasi va apelografiyasi
49. Kam tarqalgan sabzavot ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
50. Tomorqa sabzavotchiligi
51. Mevachilik va uzumchilik
52. Kartoshkachilik
53. Sabzavotlarni shifobaxshligi
54. Sabzavot ekinlarini o‘g‘itlash tizimi
55. Genitik tuproqshunoslik muammolari
56. Dunyo tuproqlari
57. Biologiya va genetika
58. Zamonaviy issiqxona qurish va uni tuprog‘ini ekishga tayyorlash
59. Issiqxonada sabzavot ekinlarini yetishtirish
60. Meva ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
61. Meva ko‘chatzori
62. Meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligi
63. Uzum seleksiyasi va apelografiyasi
64. Rezavor mevachilik
65. Tstrus mevalar yetishtirish
66. Noananaviy usulda sabzavot ekinlari yetishtirish
67. Ekologiya asoslari
68. Tuproq va agroekologiya
69. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
70. Hozirgi zamonning ekologik muammolari
71. Tuproq va agroekologiya
72. Iqlim oʻzgarishi va ekologik moslashuv
73. Gidroekologiya va geoekologiya
74. Populyatsiyalar ekologiyasi
75. Inson ekologiyasi
76. Garbologiya va ekotoksikologiya
77. Tuproq va atrof muhitning ifloslanishi
78. Ekologik ekspertiza
79. Ijtimoiy ekologiya
80. Atrof muhitga ta’sirni baholash
81. Ekotoksikologiya
82. Shahar va sanoat ekologiyasi
83. Ekologiya huquqi
84. Bioxilma-xillik va uning muhofazasi
85. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
86. Bioekologiya
87. Geoekologiya
88. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muqobil energitika
89. Ekomonitoring va ekoekspertiza
90. Suv havzalarining sanitar holati
91. Ekologik monitoring
92. Ekologik ekspertiza
93. Ijtimoiy ekologiya
94. Garbologiya va rekuperatsiya
95. Shahar va sanoat ekologiyasi
96. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti
97. O‘zbekiston ekosistemalari
Magistratura ixtissosligi bo‘yicha
1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
2. Tuproqshunoslikda ilmiy- tadqiqot uslublari
3. Antropogen tuproqlar
4. Tuproq monitoringi
5. Raqamli tuproq xaritalashning nazariy va amaliy asosalri
6. Tuproqlarning biologik diagnostikasi
7. Tuproq biogeokimyosi
8. Ilmiy-pedagogik ish
9. Eroziyaga uchragan va buzilgan tuproqlarni qayta tiklashning ilmiy asosi
10. Ekologik menejment va audit
11. Biologik resurslardan oqilona foydalanish
12. O‘simliklar ekologik anatomiyasi
13. Ekologik xavflar
14. Atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish strategiyasi
15. Global iqlim o‘zgarishi
16. Meva ekinlari yetishtirishning intensiv texnologiyalari
17. Mevalarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
18. Mevali o‘simliklarga shakl berish
19. Mevachilikning zamonaviy muammolari
20. Meva ekinlar seliksiyasi va navshunosligi
21. Sabzavot va poliz ekinlari agrotexnikasi
22. Sabzavot-poliz ekinlarining genafondi
23. Sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishning innavotsion texnologiyasi
24. Sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirishning zamonaviy muammolari
25. Sabzavot va poliz ekinlari urug‘chiligi
Kafedra ilmiy faoliyatida hozirga qadar 6 ta darslik, 14 o‘quv qo‘llanma 12 ta monografiya, 6 ta uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan Scopus, Web of Science indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalarda ikkinchi kvartilga 1 ta (Q2), uchunchi kvartilga 1 ta (Q3) va 3 ta maqola jurnallarda e’lon qilingan konferensiya materiallarida chop etilgan hamda OAK tasarufidagi xalqaro jurnallarda 112 ta, OAK tasarufidagi mahalliy jurnallarda 502 ta Xalqaro konferensiyalarda 112 ta respublika miqyosida 223 ta viloyat va universitet miqyosidagi jurnallarda va to‘plamlarda ma’ruzalar va maqollar bilan ishtirok etib kelishmoqda.
Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot olib boradi:
Kafedra qoshida o‘z ilmiy faoliyatini olib borayotgan mustaqil tadqiqotchi va tayanch doktorantlar quyidagilar
1. Xoliqova Surayyo Narzullayevna 03.00.13-tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Qo‘riq och tusli bo‘z tuproqlar xossalarining hozirgi holati va ulardan samarali foydalanish yo‘llari (Qashqadaryo viloyati G‘uzor massivi misolida)” ilmiy rahbar b.f.f.d., dotsent M.X.Diyorova
2. Xushmurodov Jobir Panjiyevich “Sug‘oriladigan tuproqlarning agroekologik holati, mosh va loviya ekinlarida og‘ir metallarning akkumulyatsiyasi (Nurobod tumani tuproqlari misolida)” mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha. Ilmiy rahbar X.N.Karimov
3.Toshpulatova Surayyo Tulqin qizi 06.01.06-Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha “Ertagi kartoshka hosildorligining ekin naviga, mulchalash va ekish muddatiga bog‘liqligi (Qashqadaryo viloyati misolida”) Ilmiy rahbar q.x.f.d., professor T.E.Ostonaqulov
4.Umirova Durdona Muqum qizi 06.01.06-Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha “Qashqadaryo viloyati sharoitida o‘ta ertagi tarvuzdan yuqori hosil olishga mos duragaylarni tanlash va o‘g‘itlashni takomillashtirish” Ilmiy rahbar q.x.f.d., professor T.E.Ostonaqulov
5.Nurillayev Ilham Xolbek o‘g‘li 06.01.06-Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha “Sabzavot (shirin) makkajo‘xori nav-duragaylarini ertagi va takroriy ekinlar sifatida o‘stirilganda qulay ekish muddatlarini belgilash” Ilmiy rahbar q.x.f.d., professor T.E.Ostonaqulov
6. Tuychiyev Shuxrat Shavkatovich 06.01.06-Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha “Qashqadaryo viloyati sharoitida pomidor navlarini turli o‘g‘itlash me’yyorlari va o‘stiruvchi stimulyatorlarda o‘stirishning o‘sish, rivojlanish va hosildorlikka ta’siri” Ilmiy rahbar q.x.f.d., professor T.E.Ostonaqulov
7. Meyliyeva Hilola Shuxratovna 06.01.06-Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha “Asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘stirishga mos bodring duragaylarini ajratish va ularning qulay o‘g‘itlash meyorlari, ekish tartibi va tuproq qalinligini belgilash” (Qashqadaryo viloyati misolida) Ilmiy rahbar q.x.f.d., professor T.E.Ostonaqulov
8. Islomov Anvar 06.01.06-Sabzavotchilik ixtisosligi bo‘yicha “Janubiy Qashqadaryo hududida yetishtirishga moslanuvchan shirin qalampir navlarini ajratish va qulay o‘g‘itlash hamda o‘stiruvchi moddalar meyorlarini aniqlash” Ilmiy rahbar q.x.f.d., professor T.E.Ostonaqulov
Kafedra Hindiston davlatining Uttar Pradesh shahridagi Amiti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Farg‘ona Davlat universiteti, Qashqadaryo viloyati “Agrokimyo himoya” AJ, “Qashqadaryo viloyat Agrokimyoviy tahlil markazi” MCHJ, Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Meliorativ ekspededsiyasi, Koson tumani “Oltinko‘z” Koson o‘simliklarni himoya qilish xususiy biokorxonasi, “Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti viloyat mintaqaviy bo‘linmasi”, “Sabzavotchilik, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy–tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi” Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik va uzumchilik ilmiy tadqiqot instituti, Janubiy Dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘quv-uslubiy, ilmiy va ilmiy ishlab chiqarish sohasida hamkorlik ishlari olib bormoqda.