Yo‘nalish nomi: Matematika
Ta’lim shakli: kunduzgi
Kreditlar miqdori: 240 kredit, 4 yil
Ta’lim tili: O‘zbek
Boshlanish davri: Sentabr
Yo‘nalish kodi: 60540100-Matematika
Lokatsiyasi: Qarshi davlat universiteti asosiy kampus Bino B
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat:
– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida matematika fanidan dars berish;
– ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist lavozimlarda ishlash;
– umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, texnikumlar direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasini boshqarish;
–Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
– ishlab chiqarish korxonalari hamda bank-moliya sohasi tashkilotlarida kompleks masalalarni yechish;
– ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
– dasturiy ta’minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.