11–16-avgust kunlari Shahrisabz tumanida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV Ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qo‘shni davlatlar va respublikamiz hududlaridan yoshlar, jumladan Qarshi davlat universiteti talabalari ham ishtirok etdi. Qurultoyda Yosh turizm elchilari va yosh-ekologlarga “Ishonch yorlig‘i” topshirildi. Xususan, QarDU Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Aziza Nasretdinova Qashqadaryo viloyati Yosh turizm elchilari Kengashida 2025–2026-yillarda faoliyat yuritish uchun ushbu yorliq bilan taqdirlandi.