Jahon tarixi kafedrasi

15-Fevral 2025

Omonova Sarvinoz Orif qizi


Jahon tarixi kafedrasi mudiri,
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent
Telefon: +998 94-179-53-53
Elektron pochta: omonova.so@qarshidu.uz
 
Qabul kunlari: Haftaning Dushanba, Seshanba, Chorshanba kunlari soat 09:00 dan 11:00 gacha

Mehnat faoliyati

2010-2013 yy. - Qarshi shahar pedagogika kolleji talabasi
2013-2014 yy. - Qarshi davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi texnigi
2014-2018 yy. - Qarshi davlat universiteti talabasi
2018-2020 yy. - Qarshi davlat universiteti magistranti
2020-2020 yy. - Qarshi davlat universitetining jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
2022-2022 yy. - Qarshi davlat universitetining jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi
2022 y. h.- v.    - Qarshi davlat universitetining jahon tarixi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2024 y  - Qarshi davlat universitetining jahon tarixi kafedrasi dotsenti
2024 y  - Qarshi davlat universitetining jahon tarixi kafedrasi mudiri

Kafedra tarixi

Kafedra tarixi:

1957 yilda “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan, 1996 yildan “Jahon tarixi”, 2004 yilning 29 sentabridan “Jahon tarixi” kafedrasi hamda “Arxeologiya va etnologiya” markazi negizida “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi tashkil etilgan. Turli yillarda bu kafedraga prof. G.To‘xtametov, prof. O.Eshquvvatov, prof. A.Mavlonov, dots. X.Egamberdiyev, dots.S.Turdiyev, dots. Y.Manzarov, dots. T.Rashidova va dots. O.Bo‘riyevlar mudirlik qilishgan. 2014 yil iyunidan 2018 dekabrigacha O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixi va arxeologiya kafedralari Tarix kafedrasiga birlashtirildi. 2018 yilning dekabridan kafedra ikkiga bo‘linib, Jahon tarixi kafedrasi qayta tashkil etildi, unga dastlab vaqtinchalik t.f.n. N.Rajabova mudirlik qildi. Kafedraga 2019 yil iyuldan – 2023 yil noyabrgacha t.f.d., professor G.Mo‘minova mudirlik qildi. 2023 yil noyabrdan – 2024 yil fevralgacha vaqtinchalik t.f.f.d., dotsent J.Berdiyev mudirlik lavozimini yuritdi. 2024 yil fevralidan kafedraga t.f.f.d.(PhD), dotsent S.Omonova boshchilik qilib kelmoqda. Mudirlar orasidan kafedraning ravnaqiga juda katta hissa qo‘shgan olimlardan G.To‘xtametov, O.Eshquvvatov, A.Mavlonov, T.Rashidova, O.Bo‘riyev, G.Muminovalar faoliyat ko‘rsatishgan. Ular Qarshi davlat universiteti “Umumiy tarix” (keyinchalik Jahon tarixi va arxeologiya) kafedrasida unumli faoliyat ko‘rsatishdi. Ish jarayonida unumli mehnat qilib “ustoz” degan ulug‘ nomni sharaf bilan oqladilar. Ular o‘z faoliyatlari davomida yoshlarimizni yetuk mutaxassis, komil inson qilib tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va kitoblar yozib nashrdan chiqarishdi. 2004 – 2013 yillarda Ochil Bo‘riyev kafedraga mudirlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida ham kafedra ish faoliyati susaygani yo‘q, aksincha yanada yuqoriga ko‘tarildi. Kafedra qoshida “07.00.07 – Etnologiya, etnografiya va antropologiya” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatdi. Unda ko‘plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan (jumladan xorijiy tadqiqotchilar ham). Dots. O.Bo‘riyev 2013 yilning yanvar oyida Turon Fanlar akademiyasining akademigi, 2017 yilning iyunidan universitetning faxriy professori bo‘ldi. 2000 yildan boshlab kafedraga yosh o‘qituvchilar qabul qilinib, aspiranturada tahsil olib, nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Ularga t.f.n., dots. G.Tosheva (1976-2012), t.f.n. F.Rahmonov, t.f.n. N.Rajabova va t.f.n. M.Usmonovlarni kiritish mumkin. Undan keyingi davrlarda J.Berdiyev, G.Ravshanova, F.Egamberdiyev, F.To‘xtamisheva, S.Omonova, N.Toshtemirovalar tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini oldilar. Universitet tayanch doktorantlari B.Toshpo‘latov va O.Ochilovalar esa muddatidan ilgari falsafa doktori darajasini oldilar va mukofot pullariga sazovor bo‘ldilar. Kafedrada hozirgi vaqtda 1 nafar professor, 2 nafar fan doktori, 5 nafar dotsent, 6 nafar falsafa doktori, 1 nafar katta o‘qituvchi va 1 nafar assistent-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalari va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida ikkita zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ma’ruza zallari mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza mashg‘ulotlari mazkur ma’ruza zallarida olib boriladi. Kafedraning o‘quv yuklamasida arxeologik, etnologik va pedagogik amaliyotlar ham bo‘lib, talabalar belgilangan rejaga muvofiq amaliyotga olib chiqiladi. Kafedra halqaro aloqalarda Qarshi davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan imzolangan mermorandumga asosan qo‘shma ta’lim dasturi asosida “Rossiya tarixi va xujjatshunosligi” kafedrasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik doirasida “Rossiya tarixi va xujjatshunosligi” kafedrasi dotsentlari Anna Dudka va Ivan Shatoxinlar magistrantlarga ma’ruza o‘qishdi. 2021-2022 – o‘quv yilidan boshlab kafedra xalqaro hamkorlik aloqalari asosida 70220301 — История (по направлениям и видам деятелности) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosidagi magistratura yo‘lga qo‘yildi. 2023-2024 – o‘quv yilida esa L. N. Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti dotsenti Arna Sarsambekova va Tojikistonning Panjikent pedagogika instituti professori Shodmon Vohidovlar dars o‘tishdi. Kafedra O‘zRFA Tarix, Arxeologiya, Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy ilmiy hamkorlik qilib keladi. Mazkur yo‘nalishda O‘zRFA Tarix instituti professorlari Qahramon Rajabov va Adhamjon Ashirovlar magistrantlarga ma’ruza o‘qishdi. Kafedra qoshida “Yosh arxeologlar” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, unda 40 ga yaqin iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqoti ishi mavzulari berilgan. Kafedra yutuqlari: 2020-2021 o‘quv yilida kafedra o‘qituvchilari Murtoz Usmonov, Faxriddin Raxmonov, Asror Pardayev va Nilufar Rajabovalar dotsent unvonini olishdi. 2021 yilda kafedra o‘qituvchisi Jamshid Berdiyev, 2022 yilda Gulora Ravshanova, Bekzod Toshpo‘latov, Fahriddin Egamberdiyev, Oydinoy Ochilova, Nigora Toshtemirova va Sarvinoz Omonovalar tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishdi. Kafedra dotsenti Faxriddin Rahmonov (DSc) va kafedra o‘qituvchisi Fotima To‘xtamishovalarning (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. 2024-2025 o‘quv yilida  kafedra o‘qituvchilari Faxriddin Rahmonov professor unvonini, Faxriddin Egamberdiyev va Abduvali Do‘stov dotsent unvonini olishdi. Kafedrada professor-o‘qituvchilar rahbarligida tez-tez iqtidorli talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa turli tadbirlar tashkil etib turiladi. Bularning natijasi o‘laroq, kafedra iqtidorli talabalari Raxmatova Dilbar (Ilmiy rahbari S.Omonova), Asal Muhammadiyeva (Ilmiy rahbari O.Bo‘riyev)lar  Navoiy nomli davlat stipendiyasini qo‘lga kiritishdi. Zoyirova Gulmira (Ilmiy rahbari N.Rajabova) esa “Yoshlar bilan ishlash jarayonida media savodxonligi” nomli treningda faol ishtirok etib sertifikat bilan, “Millat umidi” Yoshlar forumida “Eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Kafedraning yana bir iqtidorli talabasi To‘ychiyeva Mahliyo (Ilmiy rahbari F.Rahmonov)  Iste’dod Respublika ko‘rik tanlovida Rassomlik bo‘yicha 1 o‘rinni egalladi. Kafedra iqtidorli talabalari Ashurov Davronbek, Iskandarov Rasulbek hamda Ismatov Shamsiddinxonlar Respublika “Zakovat” Intellektual olimpiadasining umumjamoa hisobida mutloq g‘olibiga aylanishdi. 2022 yil 14 may kuni “Jahon tarixi” kafedrasi tomonidan “Markaziy Osiyo sivilizatsiya tizimida O‘zbekiston tarixi va madaniyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada Hindiston, Pokiston, Rossiya, Polsha, Bangladesh, Qozog‘iston, Turkiya va Misr respublikalaridan professorlar hamda Respublikamizning yetakchi olimlari o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar. 2023 yil noyabr-dekabr oylarida kafedraning katta o‘qituvchilari PhD B.Toshpo‘latov va PhD O.Ochilovalar Turkiyaning Isparta shahridagi Sulaymon Demirel universitetiga ilmiy stajirovkada bo‘lib malaka oshirdilar.

Asosiy vazifalari

Kafedra a’zolarining asosiy vazifasi 60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha talabalarga va 70220301 – Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrantlarga o‘quv rejalarida belgilangan fanlar bo‘yicha yuksak saviyada dars berishdan iboratdir. Shuningdek, ular ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadilar, tarbiyaviy va ma’naviy ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etadilar.
Xalqaro munosabatlar yo‘nalishiga oid masalalar bo‘yicha talabalarga yuqori malakali nazariyotchi professor-o‘qituvchilar, jumladan, fan doktorlari va nomzodlari, shuningdek, tajribali amaliyotchilar dars beradilar. Ular respublikadagi ilmiy markazlar hamda o‘quv muassasalarida o‘z malakasini muntazam oshirib boradilar. O‘quv jarayonida ta’limning an’anaviy uslublari bilan bir qatorda, rivojlangan informasion texnologiyalarga asoslangan innovasion yondashuvlar, jumladan, internet tizimi orqali masofaviy o‘qitishning individual va jamoaviy shakllaridan foydalanadilar.

O‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat: 60220300 – Tarix (malakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

1. Maxsus tarix fanlar

2. Raqamli tarix

3. Tarixiy antropologiya

4. Arxeologiya va etnologiya

5. Jahon tarixi

6. Fan va texnika tarixi

7. Xalqaro hamkorlik va diplomatiya tarixi

8. Jahon sivilizatsiyalari tarixi

9. Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari

10. Numizmatika

11. Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy tarixi

Magistratura: 70220301 – Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)

Tarixiy rekonstruksiya masalalari

Poleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi

Qadimgi Sharq tarixi manbalari va tarixshunosligi

Jahon etnologiyasining dolzarb masalalari

XX asrda Yevroosiyoda siyosiy jarayonlar: tarixi va zamonaviy tendensiyalar

XVIII-XIX asr Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi

Ilmiy ishlar

Kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi “Jahon sivilizatsiyalari konteksida Qashqadaryo vohasi”deb nomlanib, mazkur yo‘nalish bo‘yicha G.Mo‘minova, O.Bo‘riyev, F.Rahmonov, N.Rajabova, M.Usmonov, A.Pardayev, J.Berdiyev, B.Toshpo‘latov, F.Egamberdiyev, F.To‘xtamishevalar tadqiqotlar olib bormoqdalar. 

Tadqiqotchilar

F.Rahmonov "Janubiy O‘zbekiston o‘zbeklari an’anaviy dehqonchiligining etnohududiy xususiyatlari (XIX asr oxiri – XX asr)" mavzusida, A.Pardayev "Qashqadaryo vohasi aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush sharoiti (1985-2021-yillar)" mavzusida, N.Rajabova “XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti” mavzusida, J.Berdiyev "XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasi aholisining tarkibi va etnotoponomik tarixi" (yozma manbalar va toponomik materiallar asosida) mavzusida, F.Egamberdiyev "Kesh vohasi ilk o‘rta asrlar davri qishloqlari madaniyati" mavzusida, B.Toshpo'latov "O'zbekistonda tibbiy ta'limning yo'lga qo'yilishi va rivojlantirilishi (1917-2021 yy.) mavzusida, O.Ochilova "O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash soxasini rivojlantirishda xalq tabobatining o‘rni (1945-2021 yy.)" mavzusida, N.Toshtemirova "O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish ishi tarixi (1991-2019 yy.)" mavzusida, S.Omonova "O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ishi tarixi" (1991-2021 yy)" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda.

Hamkorlik

Kafedra O‘zRFA Tarix, Arxeologiya, Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy ilmiy hamkorlik qilib keladi. Mazkur yo‘nalishda O‘zRFA Tarix instituti professorlari Qahramon Rajabov va Adhamjon Ashirovlar magistrantlarga ma’ruza o‘qishdi.
Qarshi davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan imzolangan mermorandumga asosan qo‘shma ta’lim dasturi asosida “Rossiya tarixi va xujjatshunosligi” kafedrasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik doirasida “Rossiya tarixi va xujjatshunosligi” kafedrasi dotsentlari Anna Dudka va Ivan Shatoxinlar magistrantlarga ma’ruza o‘qishdi. 
2021-2022 – o‘quv yilidan boshlab kafedra xalqaro hamkorlik aloqalari asosida 70220301 — Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari) mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosidagi magistratura yo‘lga qo‘yildi.

Kafedra o‘qituvchilari

  • Moʼminova Gavhar-tarix fanlari doktori, professor
  • Ochil Boʼriev - tarix fanlari nomzodi, professor
  • Rahmonov Faxriddin –tarix fanlari doktori, dotsent.
  • Rajabova Nilufar, tarix fanlari nomzodi, dotsent
  • Usmonov Murtoz-tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  • Omonova Sarvinoz- tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
  • Berdiev Jamshid - tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
  • Doʼstov Аbduvali- dotsent v.b. 
  • Ravshanova Gulora- tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD)
  • Shodieva Dilnoza - tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD)
  • Egamberdiev Faxriddin- tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD)
  • Toʼxtamisheva Fotima- tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD)
  • Panjiev Аdham – assistent oʼqituvchi
  • Toshtemirova Nigora- tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori(PhD)
  • Hazratov Nurali - assistent oʼqituvchi