O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi

13-noyabr 2023

Shodmonov Nafas Namozovich


O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri,
f.f.d.professor
Telefon: +998 97 311 06 26
Elektron pochta: nafasxon_620mail.ru.
 
Qabul kunlari: Haftaning Seshanba, Payshanba kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

Shodmonov Nafas Namozovich – filologiya fanlari doktori, professor.  2009 yil 3 iyulda O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi D.067.02.16 raqamli ilmiy kengashda “Shohidu-l-iqbol”ning o‘zbek badiiy-tarixiy nasri taraqqiyotidagi o‘rni, manbalari va matnshunoslik tadqiqi” mavzusidagi  doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va  filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 
Umumiy ish staji – 41,  ilmiy va pedagogik ish staji – 41 yil. Qarshi davlat universitetidagi pedagogik ish staji – 27 yil.

N.Shodmonov  o‘zining pedagogik va ilmiy tadqiqot faoliyati davomida jami 120 ta ish e’lon qilgan, shulardan 105 tasi ilmiy maqola, bitta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 6 tasi uslubiy va ilmiy-ommabop nashrlardan iborat. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin 70 ta  ilmiy ish, jumladan, ilmiy jurnallarda  15 ta, to‘plamda 20 ta ilmiy maqola hamda 2ta  monografiya va 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darsligi Vazirlik tavsiyasi bilan nashr etilgan. 

Kafedra tarixi

Universitet tashkil etilgandan buyon “Adabiyotshunoslik” nomi ostida 1964 yildan mustaqil kafedra sifatida  faoliyat ko‘rsatib keladi. Kafedrada professor va fan  nomzodlaridan A.SHermatov, V.Tohirzoda, A.Qahhorov, X.Rizayeva, O.Ikromov,  A.Rasulov,  T.Bozorov, F.Eshimov, P.Ravshanov, B.Yo‘ldoshev, D.To‘rayev, G.Imomovalar uzoq yillar mudirlik  vazifasida ishlaganlar. Universitet rektorining 2023 yil 17 maydagi buyrug‘i asosida Adabiyotshunoslik kafedrasi negizida O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi tashkil etildi. 2014 yil 29 maydan  kafedra filologiya fanlari doktori, professor Nafas Namozovich Shodmonov boshqarmoqda. 

Asosiy vazifalari

“O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida 60230300 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), 60230300 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili) yo‘nalishlarida bakalavrlar tayyorlanadi. Hozirda kafedrada 3 nafar doktorant tahsil olmoqda.   Kafedra mutaxassis bo‘lib yetishishi kutilayotgan bo‘lajak kadrlar o‘rta umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, akademik litseylarda o‘qitishda ishtirok etadi va OTMlar hamda ilmiy tadqiqot muassasalarida faoliyat olib boradi.

O‘qitiladigan fanlar

1. O‘zbek folklori 

2. O‘zbek adabiyoti tarixi                                      

3. Navoiyshunoslik                                                        

4. Matnshunoslik                                              

5. Sharq tillari (fors, arab tili)                                               

6. Mumtoz fors tili

7. Mumtoz arab tili

8. Xattotlik  san’ati

9. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik asoslari 

10. Aruz ilmi

11. Alisher Navoiy asarlari matnshunosligi

12. O‘zbek adabiyoti

13. Eski o‘zbek tili va yozuvi

14. Tasavvuf va badiiy ijod

15. Xorijiy til (ikkinchi chet tili – arab  tili)                                                    

16. Qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni to‘plash va fond yaratish metodikasi 

17. Fors tili 

18. Arab tili                                                                                         

Ilmiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilarining keyingi yillardagi faoliyati davomida 10 ta monografiya, risola, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 10 dan ziyod o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, bitta darslik tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi. Jumladan, 2022 – 2023 o‘quv yilining o‘zida kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida 1 ta darslik, 5 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etildi. 

2018 yildan buyon kafedrada universitet huzurida ochilgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritmoqda. 2023 yilning noyabr oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin ilmiy tadqiqotchi o‘z dissertatsiyalarini munosib himoya qilib, filologiya fanlari doktori va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. 
2020-2023 yillar davomida  kafedra a’zolaridan 6 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini, 2 nafari filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Natijada kafedra O‘zbekistonning yetakchi universitetlari yuqori ilmiy salohiyatli kafedralari qatoridan joy oldi. Ayni paytda kafedra katta o‘qituvchisi F.Qiyomov “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” asarining matniy tadqiqi”, o‘qituvchi B.Siddiqov “Alisher Navoiy asarlaridagi arabiy matnlar tadqiqi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Tadqiqotchilar

So‘nggi yillarda kafedra ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2020 yilda  kafedra a’zolaridan R.Fayzullayeva, B.Rizayev, Z.Namozova, O.Avaznazarov, 2021 yilda G‘.Shodmonov, M.Rayhonova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2022 yilda Sh.Nuriddinov filologiya fanlari doktori (DSc), 2023 yilda U.Abdullayeva filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Natijada kafedra O‘zbekistonning yetakchi universitetlari yuqori ilmiy salohiyatli kafedralari qatoridan joy oldi. 2023-2024 o‘quv yilida 10.00.02- O‘zbek tili va adabiyoti va 10.00.10- Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi bo‘yicha (PhD) (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 3 nafar doktorant tahsil olmoqda. 1. Shodiyeva  Surayyo 2. Nazarova Shoxista 3. Eshdavlatova Aziza

Hamkorlik

Kafedra O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zMU, TDSHU, TDPU, BuxDU, SamDU, TerDU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari, filologiya fanlari doktori N.Jabborov, filologiya fanlari doktori U.Jo‘raqulovlar yaqin yillarda kafedrada o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritdilar. 2022/2023 o‘quv yilida esa Turkiya Jumhuriyati Karabuk davlat universiteti dotsenti Saidbek Boltaboyev soatbay asosida navoiyshunoslik fanidan talabalarga saboq berdi. Shuningdek, kafedraning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan ilmiy hamkorlik natijasida 2023 yilda professor Nafas Shodmonovning “Ali Şir Nevâyî'nin Bedii Tefekkürü” (Alisher Navoiyning badiiy tafakkuri) nomli monografiyasi Turkiyaning Istambul shahridagi “Neyzen Kitap” nashriyotida ko‘p nusxada va elektron variantda chop etildi.

Kafedra o‘qituvchilari

1. Shodmonov Nafas Namozovich – kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

2. Ergashev Abdiolim  – f.f.d.(DSc), katta o‘qituvchi

3. Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich – f.f.d.(DSc), katta o‘qituvchi

4.  Jumayev Rashid Normurodovich – f.f.f.d. (PhD), dotsent

5. Rizayev Baxtiyor Xolliyevich – f.f.f.d. (PhD), dotsent

6.Shodmonov G‘iyosiddin Nafasovich – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi

7. Fayzullayeva Rayxon Abdullayevna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi

8. Rayhonova Muhayyo Muhammadiyevna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi

9. Abdullayeva Umida Abdukadirovna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi

10. Namozova Zilola  Bozorovna – f.f.f.d. (PhD), katta o‘qituvchi

11. Qiyomov Farhod Ravupovich – katta o‘qituvchi

12. Siddiqov Baxtiyor Bo‘riyevich – o‘qituvchi