Muqobil  energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari

22-Avgust 2024

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

XALQARO MIQYOSDAGI ILMIY VA ILMIY-TEXNIK ANJUMAN

AXBOROT XATI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi №16-son buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 1-2-noyabr kunlari Qarshi Davlat Universitetida “Muqobil  energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman o‘tkaziladi. Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar ishtirok etish uchun taklif etiladi.

Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muammoli masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan:

·         Muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy amaliy asoslari.

·         Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorlik va energiya tejamkorlikning dolzarb mummolari.

·         Yarimo‘tkazgichli fotovoltaikaning tadqiqiy va amaliy masalalari.

·         Yarimo‘tkazgichlar fizikasining fundamental va amaliy muammolari.

·         Fan-ta’lim-ishlab chiqarish integeratsiyasi: muammolar va  yechimlar.

              Anjumanda ishtirok etish uchun ilmiy maqolalar 2024-yilning 15-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi. Anjumanga taqdim etilgan ma’ruzalar to‘plam  holida chop etiladi. 

MAQOLALARGA QUYILADIGAN TALABLAR

·         Fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutidan bo‘lsalar “QarMII Sharopov” nomi bilan fayl) nomlanishi lozim.

·         Matn “Times New Roman” shriftida, 12 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan masofa qoldiriladi.

·     Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi, bir qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, sharifi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi, matn oxirida foydanilgan adabiyotlar  ro‘yxati keltiriladi, maqolada ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar

·         Taqdim etilayotgan maqola hajmi 3 bet dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

·         Anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

·         Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega. Konferensiya materiallari Google Scholar da indekslanadi

·        Anjuman talablari bo‘yicha rasmiylashtirilmagan, sho‘balarga mos bo‘lmagan, kechikib topshirilgan maqolalar anjuman materiallari to‘plamiga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili:

180183, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17 uy. Qarshi davlat universiteti Fizika fakulteti “Sanoat Muhandisligi” kafedrasi 405-xonada qabul qilinadi, ma’sul A.A.Vardiyashvili.
E-mail: vardi41@mail.ru:
Telefon:  +99893 525-14-41