Falsafa va sotsiologiya

2-Iyul 2023

Choriyev Sanjarbek Anvarovich


Falsafa va sotsiologiya  kafedrasi mudiri,
F.f.d. Professor
Telefon: ++998 91 461-30-03
Elektron pochta: sanjar-choriyev@rambler.ru
 
Qabul kunlari: Har kuni 

Mehnat faoliyati

33 yil 

Kafedra tarixi

Falsafa kafedrasi 1964 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Unga turli yillarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.J.Jovliyev (1964-1969), falsafa fanlari nomzodi, dotsent (hozir falsafa fanlari doktori, professor) O.E.Ergashev (1969-1977), falsafa fanlari doktori, professor A.CH. Choriyev (1977-2005) rahbarlik qilganlar. Hozir kafedrani falsafa fanlari doktori, professor S.A. Choriyev boshqarmoqda. 2014 yilda falsafa kafedrasi sotsiologiya kafedrasi bilan biriktirildi. “Sotsiologiya” kafedrasi 2005-2014 yilllarda faoliyat ko‘rsatib, barcha fakultetlarda “Sotsiologiya”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan dars berishga ixtisoslashgan.Kafedrada 19 professor-o‘qituvchi ishlaydi. Shtatdagi o‘qituvchilarning 12 tasi ilmiy unvon va darajalarga ega. Ular falsafa fanining turli ixtisosliklaridan («dialektika va bilish nazariyasi», «ijtimoiy falsafa», “din tarixi va hurfikrlilik”, siyosatshunoslik’) doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. O‘qituvchilar tarkibida ikki kishining (dotsentlar A.Erkayev, M. To‘raqulov) yoshi 70-75 da, olti kishining (dots.  A. Do‘lanov, prof. S. Choriyev, dots. B.Saidov, dots. dots.T.Qurbonov k.o‘q. A.To‘rayeva, o‘qit. R. Boymatov,) yoshi 50-60 orasida, to‘rt kishining (dots. G. Bekmurodova, dots. A.Shaymanova, o‘qit. D.Axmedova, dots. S.Boymurodov,)  yoshi 45-50 orasida, ikki kishining (o‘qituvchilar Sh.Qambarov, F.Qodirov,)  yoshi 40-45 orasida, uch kishining (L.Sohibova, S.Avazov, D. Xudoyberdiyev,)  yoshi 35-40 orasida, bir kishi (R. Nazarov) yoshi 27-30 orasida Kafedra a’zolarining o‘rtacha yoshi 43 ni tashkil etadi. Kafedra a’zolari barcha fakultetlarning 1-kurs talabalariga “Falsafa” o‘quv fanidan, 3-kurs talabalariga “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” fanidan, 1-kurs magistrantlariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan o‘quv rejalari va namunaviy o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlari, ta’lim texnologiyalari, elektron materiallar ishlab chiqilgan. Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlarni muntazam takomillashtirib borish maqsadida qat’iy reja ishlab chiqilgan bo‘lib, uning bajarilishi kafedra yig‘ilishida muhokama etib boriladi. Birgina 2022-2023 o‘quv yilida o‘quv-uslubiy faoliyatga doir 20 dan ortiq masala, professor-o‘qituvchilar o‘tkazgan 4 ochiq dars muhokama etildi. Kafedra huzurida muntazam ishlab turgan «Barkamol inson shaxsining shakllantirishda obyektiv shart sharoitlari va subyektiv omillari dialektikasi» mavzuidagi nazariy-metodologik seminarda 2022-2023 o‘quv yili davomida 4 ta uslubiy ma’ruza,4 nazariy ma’ruza muhokama qilindi.
Kafedra a’zolari uzoq yillardan buyon yagona ilmiy muammo -« Barkamol inson shaxsining shakllantirishda obyektiv shart sharoitlari va subyektiv omillari dialektikasi» mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. O‘tgan yillar mobaynida mazkur mavzu yuzasidan 3 doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozir kafedrada 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari (DSc va PhD) tayyorlanmoqda.
Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini muntazam oshirib borish uchun Moskva Davlat universiteti, Belgorod Davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqalar bilan aloqalar o‘rnatgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedrada tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Kafedra a’zolarining diqqat markazida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini fuqarolar ongiga singdirish muhim vazifa sifatida turibdi. Shuning uchun fuqarolar orasida milliy mafkuraning turli muammolari yuzasidan chiqishlar qilish sistemali xarakter kasb etgan. Chunonchi, kafedra notiqlar guruhi Qarshi shahri, viloyat shahar va tumanlaridagi qator korxona va tashkilotlarda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq tadbirlar tashkil etdilar, 100 ga yaqin ma’ruzalar qildilar.

Asosiy vazifalari

Kafedra a’zolari uzoq yillardan buyon yagona ilmiy muammo -« Barkamol inson shaxsining shakllantirishda obyektiv shart sharoitlari va subyektiv omillari dialektikasi» mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. O‘tgan yillar mobaynida mazkur mavzu yuzasidan 3 doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozir kafedrada 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari (DSc va PhD) tayyorlanmoqda.

O‘qitiladigan fanlar

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini muntazam oshirib borish uchun Moskva Davlat universiteti, Belgorod Davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqalar bilan aloqalar o‘rnatgan.

Ilmiy ishlar

Barkamol inson shaxsining shakllantirishda obyektiv shart sharoitlari va subyektiv omillari dialektikasi

Tadqiqotchilar

Qodirov F, Avazov S, Nazarov R, Ismoilova G, Boybekova Sh, Qurbonov A, Raxmatova N, Rahmonova G.

Hamkorlik

BelGU, O‘zMU, MDU, BuxDU, TerDU, TATU, SamDU.

Kafedra o‘qituvchilari

Choriyev Sanjar Anvarovich, Erkayev Abduraxim Panjiyevich, Do‘lanov Abbos Yegamberdiyevich, Qurbonov Tohir Hamdamovich, Saidov Baxtiyor Jamolovich, Bekmurodova Gulshoda Haitovna, Shaymanova Adiba Yergashevna, Boymurodov Sanjar Bekmurodovich, To‘raqulov Meyli XXX, Xudoyberdiyev Dilshod Murodovich, To‘rayeva Aziza Po‘latovna, Boymatov Rustam Bo‘ronovich, Qambarov SHerzod Kenjayevich, Avazov Sanjar Yergashovich, Nazarov Ravshan Nazarovich,  Sohibova Lola Joniboyyevna, Qodirov Fazliddin Yo‘ldoshovich,  Axmedova Dilrabo Sadullayevna, Jabborova Aziza G‘ayratovna, Boybekova Shaxnoza.