Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

13-aprel 2024

Bekpulatov Ilhom Rustamovich


Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor,
Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent

 

Telefon: +99875 220-02-13

Elektron pochta: bekpulatov85@rambler.ru

 

Qabul kunlari: chorshanba va shanba kunlari soat 15-00 dan 18-00 gacha.

Bekpulatov Ilhom Rustamovich 1985-yil Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Termiz davlat universitetini (bakalavr), 2012-yilda Samarqand davlat universitetini (magistratura) tamomlagan. Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent. 

Ilhom Bekpulatov o‘z faoliyatini 2012-yilda Samarqand davlat universitetida laborant sifatida boshlab, turli yillarda Toshkent davlat texnika universitetida Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar kafedrasi assistenti, Umumiy fizika kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, Umumiy fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, FVV Akademiyasi Umumilmiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, Toshkent davlat texnika universiteti Umumiy fizika kafedrasi dotsenti va Toshkent davlat texnika universiteti Biotibbiyot muhandisligi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2023-yil 23-sentabrdan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.