Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

27-Mart 2025

Jumayev Baxrom Panjiyevich


 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va  monitoring bo‘limi boshlig‘i

 

Telefon: +99891 468 71 17
Elektron pochta: 
 
Qabul kunlari:  

Mehnat faoliyati

1989-1989 yy. - G‘uzor tumanidagi Batosh xo‘jaligi ishchisi

1989-1990 yy. - G‘uzor tumanidagi “Usta” kooperativida usta

1990-1991 yy. - G‘uzor tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabning tarix fani o‘qituvchisi

1991-1996 yy. - Qarshi davlat universiteti talabasi

1996-1998 yy. - Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasining iqtisodchisi

1998-2003 yy. - Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasining xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i

2003-2004 yy. - Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasining umumiy bo‘lim boshlig‘i

2004-2005 yy. - Qarshi pedagogika kollejining tarix fani o‘qituvchisi

2005-2005 yy. - Qarshi pedagogika kollejining o‘quv bo‘limi nazoratchisi

2005-2007 yy. - Qarshi pedagogika kollejining ijtimoiy-iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i

2007-2008 yy. - Qarshi pedagogika kollejining o‘quv bo‘limi nazoratchisi

2008-2015 yy. - Qarshi pedagogika kollejining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2015-2021 yy. - Qarshi pedagogika kolleji direktori

2021-2021yy. -  Qarshi davlat universiteti ichki nazorat va monitoring  bo‘limi  boshlig‘i

2021-2022yy.  - Qarshi davlat universiteti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va  monitoring bo‘limi boshlig‘i

2022-2024yy. -Qarshi shahar hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yordamchisi

2024-yil 3-fevraldan - h/v Qarshi davlat universiteti Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va  monitoring bo‘limi boshlig‘i

Bo‘lim tarixi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va  monitoring bo‘limiga 2024-yil 3-fevraldan boshlab hozirgi kunga qadar Jumayev Bahrom Panjiyevich rahbarlik qilib kelmoqda.

Asosiy vazifalar

Bo‘lim faoliyatini va xodimlar mehnatini tashkil etish va nazorat qilish;

Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlarini, shuningdek, rektor buyruqlari va topshiriqlarini fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda, akademik litseyda mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishini ta’minlashni nazorat qilish va monitoringini olib borish;

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi universitetda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etilishini amalga oshish, shuningdek: Vazirlik hay’at qarorlari, buyruqlari, universitet Kengash qarorlari va ichki buyruqlari universitet tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlar, kafedralar, akademik litseyi hamda bo‘limlarda o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim sohasidagi meyoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;

Ijroni nazorat qilish va hisobotlarni shakllantirish faqat “Edo.ijro.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, ta’limga oid  Respublika hukumati qarorlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruq, Prezident VEB sayti orqali kelgan murojaat, yo‘riq xat, modemogramma, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va telefonogrammalarining bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning nazorat boshqarmasiga va tegishli boshqarmalariga o‘z muddatida, sifatli taqdim etilishini  ta’minlash;

Yuqori tashkilotlardan kelgan barcha hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinng 12.01.1999-yildagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining  1999-yil 29- martdagi  № 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash” haqidagi qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada belgilangan tartibda kirim qilinishi va hujjatlarning har bir bandini to‘liq ijro etilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari  to‘g‘risida”gi Qonun asosida barcha turdagi murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazilishi, rektor rezolyutsiyasi bilan o‘z muddatida ijro qilinishi va yuqori tashkilotga hamda murojaat muallifiga javob xatlarini jo‘natilishini nazorat qilish;

Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish, universitet bo‘yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda universitet moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish;

Universitet fakultetlari, kafedralari va bo‘limlarining hafta davomidagi qilingan ishlari bo‘yicha faoliyatini nazorat qilish va rektor huzuridagi apparat yig‘ilishiga hisobot tayyorlash va ma’lumot berish;

Professor-o‘qituvchilarga ustama haqlar to‘lash uchun har o‘quv yilida ularning o‘quv-metodik, tarbiyaviy, ilmiy, faoliyatlari oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan ulushi, shaxsiy fazilatlarini o‘rganib chiqish hamda universitet rektoriga xulosa taqdim etish;

Talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va xolisonaligini tekshirish va monitoring olib borish;

Talabalar bilimini baholash reyting tizimini shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlar o‘tkazish va xolis va adolatli baholanishini nazorat qilish hamda zarur hollarda yakuniy nazoratlardan keyin fanlar bo‘yicha qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish;

Fakultetlarda talabalar davomatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jurnallarini belgilangan tartibda yuritilishini nazorat qilish;

Professor o‘qituvchilarni tasdiqlangan dars jadvaliga asosan dars o‘tishlarini tahlil va  nazorat qilish;

Kadrlar tayyorlash  sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyi-hasi(ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistirlik dissertatsiyasini himoya qilish,davlat attetatsiyalarining o‘tkazi-lishini va barcha turdagi nazariy hamda amaliy mashg‘lotlarni nazorat qiladi;

Universitet faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar, akademik litsey va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassilarni jalb qiladi.

-Amaliyotlarda talabalar va amaliyot rahbarlari ishtirokini nazorat qiladi;

Davlat boshqaruvi organlari va universitet rektorining virtual qabulxonasi faoliyatini va ularga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil qilish hamda belgilangan tartib va muddatlarda ijrosini nazorat qilish;

Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarini bajarilishini nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining nazorat va monitoring  boshqarmasiga belgilangan muddatlarda va shakllarda hisobotlarni rektor imzosi bilan taqdim etish;

Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan ijro intizomiga va mehnat intizomiga rioya qilinishini nazorat va monitoringini olib borish;

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;

Universitet ichki tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.

Bo‘lim a’zolari:

Jumayev Bahrom Panjiyevich

Bo‘lim boshlig‘i

Mirzayeva Nargiza Lyuptiyevna

 Bosh mutaxassis

Toshmurodova Zilola Ixtiyor qizi

Inspektor