Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi

8 November, 2022

Kafedra mudiri: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Raxmonova Maxfuza Xolmurodovna

Telefon: (+99893) 937-89-37

E-mail: Mahfuza.Rahmonova15@mail.ru

Kafedra haqida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 17 sentabrdagi 9/2-sonli qarori hamda Qarshi davlat universiteti rektorining 2006 yil 4 dekabrdagi 253 X - sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. 2018-yilda universitet rektorining buyrug‘i bilan kafedra nomi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari” bilan almashtirildi.

Kafedrada 12 nafar professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi, shundan: 1 fan nomzodi, professor, 3 nafar fan nomzodi –  dotsent, 2 nafar fan nomzodi (PhD), 2 nafar - katta o‘qituvchi , 4 nafar assistent o‘qituvchilardir. Ilmiy salohiyat – 50%.

Kafedra O‘zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi TDPU, TDYUU, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi, Toshkent Islom universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatgan.

Kafedra 2018 yildan buyon xorijiy OTMlar, jumladan Qozog‘iston Respublikasining Miras univeristeti, xamda 2019 yildan Rossiya Federatsiyasining Moskva SHPU bilan doimiy ilmiy-amaliy hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Xalqaro hamkorlik doirasida 2019 yilning aprel oyida Moskva SHPUni Ijtimoiy fanlar institutining Huquq va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsentlari A.Sorokin va A.Polovnikovalar Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 3 kurs talabalariga Huquq fanlarini o‘qitish metodikasi fanidan ma’ruza va seminar darslarini olib bordilar.

Shuningdek, kafedra Ichki ishlar Vazirligi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi bilan doimiy hamkorlik qiladi 

23-30 aprel kunlari Sportning "Armrestling" turi buycha Samarqand shahrida "XX"- Osiyo chempionati bulib o‘tdi unda osiyoning 12 ta davlatidan kelgan sportchilar bellashishdi.

Mazkur musobakada 80.kg vazn toyfasida  Tarix fakulteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”yo‘nalishi talabasi  Jabborov Otabek faxrli  1-o‘rinni egalladi. 

Kafedra asosiy e’tiborini professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan o‘quv jarayonini talab darajasida va sifatli bo‘lishi ta’minlashga qaratadilar. Innovatsion texnologiyalar asosida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boriladi.

Ilmiy ishlar

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy - tadqiqot mavzusi:  “Ma’naviy tarbiyaning metodologik asoslari”.

Kafedra 2015-2022 yillar davomida bir qator ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, quyidagi:

2015 yilda Postmodern jamiyat va inson muammosi;

2017 yilda Ijtimoiy fanlarni oliy ta’limda o‘rganishning dolzarb-nazariy metodologik muammolari;

2018 yilda Mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining takomillashuvi;

2019 yilda Harakatlar strategiyasining milliy g‘oya, asosiy tushuncha va tamoyillari rivorjlanishiga ta’siri;

2021 yilda Uchinchi Renessans g‘oyasining ijtimoiy-madaniy ahamiyati mavzularida.

Kafedraning quyidagi professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator monografiya, darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanib nashrdan chiqarilmoqda. Jumladan, 

Professor A.Erkayev  muallifligida quyidagi ilmiy ishlar chop ettirildi:

“Milliy g‘oya va ma’naviyat” – T. 2002 y.;

Ma’naviyat va taraqqiyot modeli. – T 2005 y.;

Tafakkur erkinligi. – T. 2006 y.;

Duxovnost i razvitiye. – T. 2008 y.;

Sobit qadam karvon. –T. 2009 y.;

O‘zbekiston yo‘li. – T. 2017 y.;

Ma’naviyatshunoslik. 2 tomlik – T. 2018 y.;

O‘zbekiston yo‘li ( yangi taxrir). – T. 2021 y.;

Dotsent G‘.Soatovning quyidagi monografiyalari chop ettirildi;

“Madaniyatshunoslik”, – 2000.;

“Madaniyatshunoslik asoslari”, – 2008.;

“O‘zbekiston madaniyati”, – 2011.;

“Etnomadaniyat” o‘quv qo‘llanma, – 2019 .;

“Tafakkur erkinligi”monografiyalari chop ettirildi;-T.2021. ;

 “Yangi O‘zbekiston mo‘ljal uchinchi rensssans” –T.2021. ;

 “Abdulla oripov  daxolari”-T.2021. ;

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  M.Raxmonovaning “Ssenariynavislik va madaniy –ommoviy  tadbirlarni tashkil etish” Qarshi. – 2021 y. O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop ettirildi.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent  M.Raxmonovaning “Parkshunoslik” Qarshi. – 2022 y. O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop ettirildi.

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent  N.O‘roqovaning  “N.A.Berdyayev qadriyatlar haqida” nomli monografiyasi  chop ettirildi . “ Fan va ta’lim nashriyoti”,  Qarshi,   2022.  

Katta o‘qituvchi A.Yoqubov, B.Karimov, M.Oltiboyev “Diniy ekstremizmga qarshi kurashishning  ma’naviy-ma’rifiy asoslari nomli” o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.

O‘qituvchi D.Sunatovning “Ma’naviyatning axloqiy asoslari” O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop ettirildi. Qarshi. – 2021 y.

Katta o‘qituvchi A.Ro‘ziyev “Tarbiya” O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop ettirildi. Qarshi. – 2022 y.

O‘qituvchi.Z.Boymurodovning “Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari” Toshkent. – 2022 y. O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop ettirildi.

O‘qituvchi.SH.Boybekovaning“Estetikaning predmeti,maqsadi va vazifalari” Toshkent. – 2022 y. O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop ettirildi.

O‘qituvchi G.Ismoilovaning “Mantiq Qonunlari” Toshkent. – 2022 y. O‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop ettirildi.

2022 yil 28 aprelda kafedra professor-o‘qituvchilaridan S.Ashurova “Jamiyat tarqqiyotiga barqaror va beqaror  jarayonlarning ta’siri”(09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq) mavzusidagi Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyani himoya qildi.

Kafedra qoshida tashkil etilgan “Yosh ma’naviyatchilar” to‘garagi muntazam faoliyat olib boradi.

To‘garakda turli mavzularda talabalarning insholar tanlovi, Akademik, professorlar, hamda deputatlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinadi. Ilmiy yo‘lanishlari uchun zarur ilmiy-nazariy maslahatlar berib boriladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar:

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Vazirlik hay’ati Qarorlari, buyruqlari, modemlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ – 451-sonli Qarorining ijrosi bo‘yicha berilgan vazifalarni to‘laqonli bajarilishi tashkil etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo kengashi targ‘ibotchilari guruhi a’ozlari sifatida viloyat, tuman va shahar aholi va mehnatkashlari o‘rtasida ma’naviy-madaniy, siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘rgatib, targibot-tashviqot ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar:

1.5111600 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”.

2. 5151700 - Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil   etish hamda boshqarish.

3.5A111601 “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)” 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi: 

Raxmonova Maxfuza Xolmurodovna – kafedra mudiri,

Irkayev Abdurahim Panjiyevich – f.f. n, professor

Soatov G‘ayrat – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

O‘roqova Nargiza Salomovna – dotsent

Ashurova Sarvinoz O‘ralovna – falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Yoqubov Abdurahmon To‘rayvich – katta o‘qituvchi

Ro‘ziyev Alisher Xolmurodovich – katta o‘qituvchi

Niyozov Sobir Sodiqovich – o‘qituvchi

Sunatov Dilshod  Hoshimovich – o‘qituvchi

Boymurodov Zohid Shokirovich – o‘qituvchi

Boybekova Shaxnoza Aliyevna – o‘qituvchi

Ismoilova Gulhayo Kamol qizi– o‘qituvchi

 

Kafedra manzili: Qarshi shahar Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy, Tarix  fakulteti, 333-xona.

Sahifalar

Tarix fakulteti
O‘zbekiston tarixi kafedrasi
Jahon tarixi kafedrasi
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi
Ijtimoiy fanlar kafedrasi