Jahon sivilizatsiyalari tizimida O‘zbekiston tarixi va madaniyati

22-Avgust 2024

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI “JAHON SIVILIZATSIYALARI TIZIMIDA O‘ZBEKISTON TARIXI VA MADANIYATI” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 18 yanvardagi 16-son buyrug‘iga asosan Qarshi davlat universitetida 2024 yil 20-21 may kunlari xalqaro konferensiya o‘tkazishni rejalashtirgan.
Ushbu xalqaro konferensiya “Jahon sivilizatsiyalari tizimida O‘zbekiston tarixi va madaniyati” mavzusiga hamda tarix fanlari doktori, professor Eshov Boxodir Jo‘raevich tavalludining 60 yilligiga bag‘ishlanadi. Konferensiya oflayn hamda onlayn formatda – ZOOM platformalarida tashkil etiladi.


Konferensiya doirasida quyidagi sho‘balar ish olib boradi:

1-sho‘ba- O‘zbekistonda ilk davlatchilik va shaharsozlik an’analarining rivojlanish bosqichlari hamda evolyusiyasi;

2-sho‘ba - O‘zbekiston arxeologiyasi, etnologiyasi va numizmatikasining dolzarb masalalari (yangi tadqiqotlar asosida);

3-sho‘ba - O‘zbekistonda kechgan qadimgi va zamonaviy tarixiy-madaniy (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy, migratsiya, etnomadaniy) jarayonlar;

4-sho‘ba - Sovet va mustaqillik davri O‘zbekiston tarixi va madaniyati: yutuqlar, muammolar, istiqbollar;

5-sho‘ba - Turizm hamda muzey madaniyatini rivojlantirishda O‘zbekiston tarixi va madaniyatining o‘rni.


Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz. 

Ma’ruzalarni konferensiyaga qadar to‘plam holida chop etish rejalashtirilgan. Badal puli maqolaning har bir sahifasi uchun 15 000 so‘mni tashkil etadi (9860 1901 1042 2655 – Ernazarov Azim). Konferensiya anjumanida ishtirok etishni xohlovchilar maqolalarni 2024 yil 15 aprelgacha +99897 312-77-39, +99890 428-33-31, +99897 316-42-33 telegram manzillariga yuborishingiz so‘raladi.


Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablari :

  • Matn Times New Roman va 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 1,5 intervalda (hajmi: 5-8 sahifada) bo‘lishi maqsadga muvofiq.

  • Matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqori va pastdan 2 sm, chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm.

  • Maqolalar qog‘oz nusxada va elektron variantda RTF formatda taqdim etiladi.

  • Fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim.

  • Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Mavzu yuqorisida muallifning ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (agar bo‘lsa), ish joyi, telefon raqami to‘liq ko‘rsatilishi lozim. Maqolaning birinchi sahifasi yuqoridan o‘ng tarafga maqola berilayotgan sho‘baning raqami (1-sho‘ba, 2-sho‘ba va hok.) ko‘rsatilishi shart!

  • Barcha iqtiboslar [1:56] shaklda qavsda berilib, maqolaning oxirida tartib raqami bilan adabiyotlar ro‘yxati sifatida beriladi.


Barcha savollar bo‘yicha konferensiya tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefonlar: +99893 937-77-39, +99890 428-33-31, +99897 316-42-33.

Konferensiya bo‘lib o‘tadigan manzil:

O‘zbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Qarshi davlat universiteti, Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17 uy.