Turli tuproq-iqlim sharoitida organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning dolzarbligi

22-Avgust 2024

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVESITETI AGROKIMYO VA EKOLOGIYA KAFEDRASI ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI

Hurmatli tadqiqotchilar, Qarshi davlat universiteti Geografiya va agronomiya fakulteti Agrokimyo va ekologiya kafedrasida tashkil etilayotgan “Turli tuproq-iqlim sharoitida organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning dolzarbligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga barchangizni taklif qilamiz!

KONFERENSIYANING ILMIY YO‘NALISHLARI

1. Ekologik toza «Organik» qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yangicha innovatsion texnologiyalarni qo‘llash muammolari va yechimlari.

2. Tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va uni muhofaza qilishning dolzarb muammolari.

3. Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va o‘simliklarni kasallikzararkunandalardan himoyalash sohasida innovatsiyalar.

4. Issiqxona xo‘jaligini tashkil etishning zamonaviy muammolari va yechimlari.

RO‘YXATDAN O‘TISH VA KONFERENSIYA MATERIALLARINI TAQDIM ETISH

Konferensiyaga kelib tushgan maqolalar OAK ro‘yxatiga kiritilgan “O‘ZBEKISTON AGRAR FANI XABARNOMASI” ilmiy jurnalining maxsus sonida chop etiriladi. Badal to‘lovi 250 000(ikki yuz ellik ming) so‘mni tashkil etib, to‘lovni quyidagi plastik karta raqamiga yuborishingiz soʻraladi (9860190110292009 Xurramova Aziza).

Xorijlik mualliflar maqolalari mr.ilhomnurillayev@gmail.com elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi va bepul nashr qilinadi. Ishtirok etish uchun maqolalar 2024-yil 5-iyunga qadar (+99897 665 03 07) telegram profili orqali qabul qilinadi.

KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA RASMIYLASHTIRISH TARTIBI:

Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bo‘lishi kerak. Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda va 3-5 betdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Maqolada annotatsiya va kalit so‘zlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim, ko‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan natijalar, ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bo‘lishi kerak.

Konferensiya o‘tkazilish joyi va vaqti: 2024-yil 11-12 iyun kunlari, Qarshi davlat universiteti (online va offline formatda).

Konferensiyaga maqolalar qabulining so‘ngi kuni: 2024-yil 5-iyun.

Konferensiya tili: o‘zbek, rus, ingliz.

Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola platformaga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi