Axborot xizmati bo‘limi

10-iyul 2023
 

Oybek Yusupov Tulayevich


Axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i

Telefon: +998 94 333-09-13
Elektron pochta: email@domain.com
 
Qabul kunlari: Dushanba kunidan Juma kunigacha soat 09:00 dan 16:00 gacha

Mehnat faoliyati:

2005-2007 yy. - Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Oltin voha” radiosi boshlovchisi

2006-2010 yy. - Qarshi davlat universiteti talabasi

2007-2009 yy. - Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi muharriri

2009-2013 yy. - Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi katta muharriri

2013-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi

2015-2016 yy. - Qarshi pedagogika kolleji ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2017-2017 yy. - Qarshi shahridagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2018-2018 yy - Qarshi tumani hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi 

2018-2023 yy - Qarshi davlat universiteti matbuot kotibi 

2023 -       h.v. - Qarshi davlat universiteti axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i

Bo‘lim tarixi:

Qarshi davlat universiteti Axborot xizmati bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Axborot xizmati) universitet boshqaruvi organi markaziy apparatining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita uning rektoriga bo‘ysunadi. Axborot xizmati rahbari universitet rektorining matbuot kotibi – uning axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi maqomiga ega. Universitetda Axborot xizmati faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 27-iyundagi PQ—4366-son qarori talablari asosida tashkil etilgan. 2023-yil yanvar oyidan Axborot xizmati bo‘limi sifatida qayta shakllantirildi.

Asosiy vazifalari:

universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

keng jamoatchilikni universitetning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Axborot xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

universitetning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

universitet faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash;

universitet faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;

universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.