Kafedra mudiri: i.f.n.dotsent.
Qo'chqorov G'aybulla Fayzullayevich
Telefon: (+99891) 561-08-72
Elektron manzili:kuchkarovgaybulla@mail.ru
Kafedra tarixi
“Iqtisodiyot” kafedrasi 1967 yilda “Siyosiy iqtisod” nomi bilan tashkil etilgan. 1992 yildan boshlab kafedra “Iqtisodiyot nazariyasi” deb yuritila boshlandi va 2021 yilda “Iqtisodiyot ” deb qayta nomlandi.
Kafedra bitiruvchilarining asosiy iste’molchilari – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, , Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi, tijorat banklari, xususiy korxonalar hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorlari, turistik firma va korxonalar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent G‘.Qo‘chqorov rahbarlik qilmoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi “Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning hududiy muammolari” mavzusiga qaratilgan.
Kafedra tashkil etilgandan buyon 3 nafar fan doktori,16 nafar fan nomzodi yetishib chiqdi va universitet ilmiy salohiyatiga katta hissa qo‘shdi. Hozirgi paytda kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 12 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, 30 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1000dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika va mahalliy nashrlarda chop etildi.
Hozirda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan: 1 nafar iqtisod fanlari doktori,professor , 2 nafar fan nomzodi, dotsent 3 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD falsafa doktori, 1 nafar fan nomzodi, 1 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
2012-2013 o‘quv yilida kafedra qoshida 5231600 - “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilindi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishning 4-kurslarida jami 42 nafar talaba kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olmoqda. Shuningdek, sirtqi ta’limda ham talabalar tahsil olmoqda.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 60411400 - “Inson resurslarini boshqarish” ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilindi, ushbu yo‘nalishda 74 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, sirtqi ta’limda ham talabalar tahsil olmoqda.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 60310100 - “Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishiga talabalar qabul qilindi, ushbu yo‘nalishda 106 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, sirtqi ta’limda ham talabalar tahsil olmoqda
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Fanlarning ishchi o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.
Kafedrada magistratura mutaxasisligi
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 70411401 – “Inson resurslarini boshqarish” mutaxassisligiga magistrlar qabul qilindi, 2-bosqichda 8 nafar magistr tahsil olmoqda.
Bugungi kunda Iqtisodiyot yo‘nalishini tugatib, rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan bitiruvchilar ro‘yxati:
Almardonov Otabek Panjiyevich – “Mikrokreditbank” ATB Respublika boshqaruvi
Xaqberdiyev Dilshod Murodovich - O‘zLTI Neftegaz direktori
Tursunov Nodir - “Turonbank” ATB Shaxrisabz tumani filiali boshlig‘i
Shukurov Jamshid - O‘zLTI Neftegaz direktori o‘rinbosari
Djurayev Baxtiyor – “InfinBank” ATB Qashqadaryo viloyat filiali boshqaruvchisi
Ochilov Joxongir-Hamkorbank Qashqadary viloyat boshqarmasi boshlig‘i
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat yo‘nalishida:
Iqtisodiyot nazariya
Statistika
Menejmenti
Inson resurslarini boshqarish
Buxgalteriya hisobi
Raqamli iqtisodiyot
Iqtisodiy tahlil va audit
Mikro va makroiqtisodiyot
Soliq va soliqqa tortish
Tarmoqlar iqtisodiyoti
Ekonometrika asoslari
Sanoat iqtisodiyoti
Statistika
Mehnat iqtisodiyoti
Mehnat munosabatlari
Mehnatni tashkil etish va boshqarish
Rul va banklar
Inson resursi iqtisodiyoti
Inson taraqqiyoti
Investitsiyalarni baholash
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Iqtisodiyot nazariyasi
Kichik biznes va tadbirkorlik
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot
Mehmonxona xizmatlari
Korporativ boshqaruv
Magistraturada:
Strategik inson resurslarini boshqarish
Inson kapitali tahlili
Demografik metod
Davlat boshqaruvida inson resurslari
Aholi va reproduktiv salomatlik
Kafedra ilmiy salohiyati
Qo‘chqorov G‘.F. - iqtisod fanlari nomzodi, kafedra mudiri
Ochilov A.O. - iqtisod fanlari doktori, professor
Erkayeva.G.P- iqtisod fanlari nomzodi
Ostonov E. -iqtisod fanlari nomzodi
Nabiyev G‘.A – iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD falsafa doktori
Shamsuddinov.N.N- iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD falsafa doktori
Ernazarov Z.N - iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD falsafa doktori
Kafedraning xorijiy va milliy OTMlar bilan hamkorligi
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
O‘zbekiston milliy universiteti
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
TATU Qarshi filiali
Rossiya Gjel davlat universiteti
Rossiya Kuban davlat universiteti
Germaniya Leypsig amaliy fanlar universiteti
Belgrad davlat universiteti
“Ipak Yo‘li” xalqaro turizm universiteti
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati
Kafedraning professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari “Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning hududiy muammolari” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari xalqaro va respublika miqyosidagi Skopus, Impact factor, OAK tasarrufidagi jurnalllarda va ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etilmoqda.
2019 yilda kafedra a’zosi A.Ochilov iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. 2021 yil G‘.Nabiyev,2022 yil Z.Ernazarov va N.Shamsuddinovlar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD falsafa doktori ilmiy darajasini oldilar.
Hozirgi kunda kafedrada katta o‘qituvchilar M.Ostanova o‘qituvchilar Sh.Xolliyev, O.Jo‘rayev va L.Qodirovlar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqdalar.
A J.Ismatullayev va U.Shukurov 08.00.12. “Mintaqa iqtisodiyoti” ixtisocligi (PhD), bo‘yicha, va B.Baratov 08.00.13. “Menejment” ixtisocligi (PhD) bo‘yicha tayanch doktoranturada ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqdalar.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Seminarni kafedra mudiri, i.f.n, dotsent G‘.Qo‘chqorov boshqarmoqda.
2012 yildan kafedra qoshida iqtidorli talabalar uchun "Innovator" talabalar to‘garagi tashkil qilingan . To‘garaklar faoliyati talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga qaratilgan. Professor-o‘qituvchilar rahbarligida talabalarning 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi. Talabalarning viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, turfirma va agentliklar, mehmonxonalar, zamonaviy arxitektura binolari, davlat xizmati agentligi, “Loyihalar fabrikasi” va boshqa diqqatga molik joylarga tashriflari, xorijiy va mamlakatimiz mutaxassislari bilan uchrashuvlari tashkil etildi. Talabalar iqtisodiy fanlardan fan olimpiadasiga, startap loyihalar va boshqa tanlovlarga muntazam qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Kafedra 2016 yil noyabr oyidan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi
574253-EPP-1-2016-1-DE-EPPKA2-CBHE-JP MAGNET: “Universitetlar O‘zbekistonda o‘rta yoshli aholini o‘qitish kasbga tayyorlash markazlari tarmog‘ining asosiy hamkori sifatida” (umumiy qiymati 646471,0 yevro) loyihasida ishtirok etdi. 2018 yilning dekabr oyida kafedra mudiri dotsent G‘.Qo‘chqorov, dotsent. G.Erkayeva, o‘qituvchilar J.Ismatullayev va S.Mahmudovlar loyiha doirasida Ruminiyaning Galati universitetida malaka oshirib keldilar. Loyiha doirasida 2019 yilda 200364000 (ikki yuz million uch yuz oltmish to‘rt ming) so‘mlik ishlarni bajardi.
Kafedra a’zolari xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etib kelmoqdalar.