Fakultetlararo nemis tili kafedrasi

19 November, 2022

Kafedra mudiri: Katta o‘qituvchi

Bozorov Orif Chamanovich

Telefon: (+99893) 930-70-67

Elektron manzili: orif-bozorov1967@mail.com 

Kafedra tarixi

Fakultetlararo nemis tili kafedrasi 2021 yil 2 – oktabrda tashkil topgan.

1965 yili Qarshi davlat pedagogika institutida Xorijiy tillardan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz, nemis filologiyasi bo‘limlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish uchun va Respublikamiz janubidagi ilmiy salohiyatni (nemis tili va adabiyoti bo‘yicha) birlashtirish uchun xorijiy tillar kafedrasi bazasidan nemis filologiyasi mustaqil kafedra sifatida 1967 yilda ajralib chiqdi.

Kafedraga  1970-1972 yillarda katta o‘qituvchi Sh.Abdunazarov, 1973 yildan 1975 yilgacha katta o‘qituvchi L.Kojenkova, 1976 yildan 1990 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Elmurodovlar rahbarlik qilganlar. Kafedraga 1990 yildan 2009 yilga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent G‘.Xo‘jayev, 2009 yildan 2014 yilgacha filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi K.Marqayevlar mudirlik qilgan. 2015 yildan boshlab 2021 yilgacha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi A.Maxmudov mudirlik qilgan. 2021yil 2 oktabrdan Nemis tili va adabiyoti kafedrasi bazasidan Fakultetlararo nemis tili kafedrasi mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqdi.

Kafedrada 1 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra Germaniyaning DAAD, O‘zbekistondagi Gyote instituti bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ular bilan hamkorlikda tashkil etilgan turli mavzudagi seminarlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

 

Kafedra o‘qituvchilari Y. Raximova, M. Shirovalarning nofilologik fakultetlar talabalari uchun yaratilgan “Deutsch Topics”  qo‘llanmasi, Y. Raximova, M. Shirova va M. Niyozovalarning nofilologik fakultetlar talabalari uchun yaratilgan “DEUTSCH KREATIV” uslubiy qo‘llanmasi, N.Ishanqulova hamkorlikda chop ettirgan nofilologik fakultetlar talabalari uchun yaratilgan “Deutsch” nemis tili darsligi, dotsent G‘.K.Xo‘jayev va o‘qituvchi Sh.Ashurovaning “Deutsch” nomli o‘quv qo‘llanmasi bugungi kunda kafedradagi ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarning yuqori saviyada olib borilayotganligidan darak beradi.

Kafedra Respublikamizdagi qator oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zDJTU, SamDCHTI bilan ilmiy, ilmiy uslubiy sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Kafedra professor – o‘qituvchilari maktablar bilan hamkorlik borasida ham bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, Yakkabog‘ tuman 14-sonli maktab bilan hamkorlikda “Nemis tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv” mavzusida tadbir o‘tkazdilar. Ushbu tadbirda Gyote institutining koordinatori janob Simon Kretchmer ham tashrif buyurdi. Janob Kretchmerning maktabga tashrif buyurishidan maqsad, maktab 2022 yil may oyidan boshlab Germaniya davlati bilan hamkor maktab „PASCH SCHULE“ shartnomasini imzoladi.

 

Kafedra a’zolari ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha ham bir qancha ishlarni reja asosida o‘tkazdilar. Qarshi shahrining qadimiy obidalaridan biri Odina masjidida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tadbir uyushtirildi. Tadbir boshida Odina masjidining tarixi haqida, Qarshi shahrining tarixiy manbalari va qadimiy Nasaf shahrida ilm – ma’rifat o‘chog‘i hisoblangan masjidning madaniyatimiz rivojlanishida tutgan o‘rni haqida ma’ruza qilindi. Ma’ruza orqali tadbir ishtirokchilari Odina masjidi haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: “Chet tilini o‘qitish metodikasi masalalari va germanistikaning dolzarb muammolari”.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Xorijiy til (Nemis tili – bakalavriat barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun)

Amaliy xorijiy til (Magistratura barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun)

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

1.                  Bozorov Orif Chamanovich                     kafedra mudiri, katta o‘qituvchi

2.                  Rahimova   Yulduz   G‘aniyevna               o‘qituvchi

3.                  Ashurova   Shahnoza   Shavkatovna        o‘qituvchi

4.                  Aymatova   Gulchehra   Bozorovna         o‘qituvchi

5.                  Eshmurodov Ural Xo‘janovich                o‘qituvchi

6.                  Murodova Taxmina Baxtiyorovna           o‘qituvchi

7.                  Polvonova Ra’no Mamatqulovna            o‘qituvchi

8.                  Jamilova Nargiza Abdisalomovna           o‘qituvchi

9.                  Abdurahimova Gulasal Xomidovna        o‘qituvchi

10.              Ishanova Saule Ilyasovna                        o‘qituvchi

11.              Axmedova Dilnoza Abdumannonovna    o‘qituvchi

12.              Jo‘rayeva Nargiza Toshtemirovna           o‘qituvchi

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedra katta o‘qituvchisi  O. Bozorov Termez davlat universiteti professori I. M. G‘aniyev ilmiy rahbarligida “Epistolyar romanda voqelikni badiiy tasvirlash imkoniyatlari va qahramon muammosi” (I. V. Gyotening “Yosh Verterning iztiroblari” va I. Mirzoning “Bonu” romanlari misolida) mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.

Kafedrada tayyorlanadigan ilmiy-uslubiy ishlar:

G. K. Xo‘jayev/SH. Ashurova – “Deutsch” o‘quv qo‘llanma

Y. Raximova/M. Shirova – “Deutsche topics”

Y. Raximova/M. Shirova/M. Niyozova – “DEUTSCH KREATIV” 

Kafedra manzili: Roman – german filologiyasi fakulteti binosi