QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN

15-May 2024, 11:53
E’lonlar

O‘ZBEKISTONIRESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ularning xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5598-son farmoyishiga muvofiq, 2024 yil 21-22 may kunlari Qarshi davlat universitetida “Turkiston ma’rifatparvar ziyolilar merosining fan, adabiyot, madaniyat hamda ma’naviyat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

Ilmiy-amaliy anjuman yo‘nalishlari:   

Tarix, adabiyotshunoslik, manbashunoslik, jurnalistika.

Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz.

Maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar:

– maqola matni anjuman mavzusiga mos bo‘lib, muammo dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega va yangi faktik materiallar asosida yoritilgan bo‘lishi lozim;

– hajmi A-4 formatda, 14 o‘lchamli shriftda, 6 betgacha, Times New Roman (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida), qatorlar orasi 1,5 intervalda, yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm oraliqda hoshiya qoldirilgan holda tayyorlanadi;

– maqola sarlavhasi sahifa yuqorisining o‘rtasida hamma so‘zlar bosh harflarda (qoraytirilgan) yoziladi, muallif familiyasi va ism-sharifi (qoraytirilgan), ilmiy darajasi va lavozimi sarlavha ostida (o‘rtada), uning ostida muassasa nomi (kursiv) ko‘rsatiladi;

– maqola sarlavhasi, muallif familiyasi va ism-sharifi, ilmiy darajasi va lavozimi o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi;

– sarlavhadan so‘ng maqolaning asosiy tilidan tashqari tillarda (rus, ingliz yoki o‘zbek, ingliz) qisqa annotatsiya va kalit so‘zlar (8-10 ta) beriladi.

– foydalanilgan manbalar ro‘yxati maqola oxirida tartib raqami bilan beriladi, manbalarga havolalar (snoska) matn ichida kvadrat qavs [1; 28] shaklida berilishi talab etiladi;

– Materiallar elektron shaklda quyida ko‘rsatilgan E-mail manzili bo‘yicha ham qabul qilinadi;

– Tashkiliy qo‘mita tomonidan tanlab olingan ilmiy maqolalar to‘plam shaklida nashr etilishi rejalashtirilmoqda.

Matnlarda uslubiy yoki imloviy xato va tuzatishlar mavjud bo‘lsa, noto‘g‘ri rasmiylashtirilsa talabga javob bermaydigan ish sifatida qabul qilinmaydi.

Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma va maqolalar matni 2024 yil 20 aprel kuniga qadar quyidagi telegram raqami va elektron manzili orqali qabul qilinadi:

Manzil: 180119, Oʻzbekiston, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Ko'chabog' ko'chasi, 17- uy, Qarshi davlat universiteti

Telefonlar: +998 99 337 99 90 (To‘ychi Eshbo‘riev) ushbu raqamda telegramm mavjud

Murojaat uchun tel.: 91-468-69-91, 99-337-99-90, 94-833-38-55

E-mail: rahmatova.dilnavoz@mail.ru