QarDU professor-öqituvçilari Ispaniya va Polşa universitetlarida tajriba almaşdi

6-Noyabr 2026, 04:55
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universiteti Tillar fakulteti professor-öqituvçilari Ispaniyaning Jaen universiteti hamda Polşaning Koszalin Politexnika universitetida xizmat safarida bölib, xorijiy hamkasblar bilan akademik muloqot va tajriba almaşdilar. Taşrif davomida çet tillarni öqitiş metodikasi, zamonaviy pedagogik yondaşuvlar, öquv jarayonini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi. Xorijiy talabalar uçun nemis tili böyiça maʼruza öqildi, şuningdek, özbek tili, milliy madaniyatimiz va QarDUning taʼlimiy salohiyati haqida taqdimotlar ötkazildi. Uçraşuvlarda talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi, qöşma ilmiy-taʼlimiy loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari ham muhokama qilindi. Taşrif xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni örganiş va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etiş uçun muhim imkoniyat yaratadi.