Falsafa fanidan interfaol seminar maşğuloti
20-Noyabr 2026, 11:32
Universitet yangiliklari
Tillar fakulteti Filologiya va tillarni öqitiş (ingliz tili) yönalişi 2-kurs, 025-23-guruh talabalari iştirokida “Tarix falsafasi. Sivilizatsiya va madaniyat” mavzusida seminar maşğuloti taşkil etildi. Maşğulot Falsafa va sotsiologiya kafedrasi öqituvçisi Dilrabo Ahmedova tomonidan olib borildi. Seminar davomida talabalarning mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamlaş, mustaqil fikrlaş, tahlil qiliş, öz qaraşlarini dalillar asosida ifodalaş hamda jamoada işlaş könikmalarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi. Maşğulot samaradorligini oşiriş maqsadida “Aqliy hujum”, “FSMU”, “Bahs-munozara”, “Oçiq mikrofon”, “3×3”, “Kim tezkor?” va “Fikrlar töqnaşuvi” kabi pedagogik texnologiya va interfaol metodlardan foydalanildi. Uşbu metodlar orqali talabalar tarixiy jarayonlar, sivilizatsiya va madaniyat tuşunçalarini turli nuqtayi nazardan tahlil qildilar, öz fikrlarini erkin bayon etib, bahs-munozaralarda faol iştirok etdilar.