“Şavkatbekka maktub” — kelajak avlod uçun hayotiy ögitlar
26-Noyabr 2026, 07:29
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universitetida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka parvoz davomida yozgan maktubi asosida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar davom etmoqda. Navbatdagi tadbirlar Pedagogika, sport va sanʼat hamda Tillar fakultetlari, şuningdek, Xalqaro hamkorlik va qöşma taʼlim dasturlari bölimi talabalari iştirokida taşkil etildi. Muloqotlarda maktubning yoşlar hayotidagi örni, unda ifodalangan ota nasihati, hayotiy qaraşlar va kelajak avlod oldidagi masʼuliyat xususida söz yuritildi. Ayniqsa, dunyoqaraşni kengaytiriş, xalqaro tajribani örganiş, kasbiy mahoratni oşiriş va har qanday şaroitda öz oldiga qöygan maqsadiga sodiq qoliş masalalariga eʼtibor qaratildi. Talabalar maktub mazmuni yuzasidan öz fikr va mulohazalarini bildirib, undagi ögitlarni şaxsiy hayotiy mezonlariga aylantiriş borasida fikr almaşdilar.