Qarşi davlat universiteti – Osiyodagi eng nufuzli universitetlar qatorida!
3-Noyabr 2026, 16:41
Universitet yangiliklari
Nufuzli xalqaro QS (Quacquarelli Symonds) taşkiloti tomonidan şakllantiriladigan QS Asia University Rankings 2027 reytingi Osiyo mintaqasidagi oliy taʼlim muassasalarining akademik salohiyati, ilmiy faoliyati, xalqaro nufuzi va taʼlim sifatini baholovçi muhim xalqaro reytinglardan biridir. Qarşi davlat universiteti nufuzli QS Asia University Rankings 2027 xalqaro reytingida baholangan 1722 ta Osiyo universitetlari orasida 761–770-örinlar oraliğidan joy oldi. Şuningdek, universitet QS Asia University Rankings: Central Asia 2027 reytingida Markaziy Osiyo universitetlari orasida 50-örinni egalladi. Maʼlumot uçun: QS Asia 2026 reytingida Osiyoning 1526 ta universiteti baholangan bölib, Qarşi davlat universiteti Osiyo universitetlari orasida 901–950-örinlar oraliğidan joy olgan hamda Markaziy Osiyo reytingida 52-örinni egallagan edi. Qarşi davlat universitetining xalqaro reytinglardagi natijalarini yaxşilaş borasidagi izçil faoliyati universitetda taʼlim va ilm-fan sifatini oşiriş, ilmiy salohiyatni rivojlantiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda global taʼlim makonidagi raqobatbardoşlikni mustahkamlaşga qaratilgan saʼy-harakatlarning ahamiyatini namoyon etadi. Qarşi davlat universiteti jamoasini uşbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz!