QarDU talabasi — Şanxay hamkorlik taşkiloti oçiq kubogi ğolibi!
26-Noyabr 2026, 07:00
Universitet yangiliklari
Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida sambo böyiça Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) oçiq kubogi bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, musobaqada Özbekiston terma jamoasi safida iştirok etgan Qarşi davlat universiteti talabasi Muxlisa Turdiyeva oltin medalni qölga kiritdi. Sportçimiz –72 kg vazn toifasida barça raqiblarini mağlub etib, musobaqa ğolibiga aylandi. Maʼlumot uçun, Özbekiston terma jamoasi musobaqada 7 nafar sportçi bilan qatnaşib, 4 ta oltin, 1 ta kumuş va 2 ta bronza medalini qölga kiritdi. Uşbu natija bilan 10 ta mamlakat vakillari iştirok etgan turnirda umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi. Universitet jamoasi Muxlisa Turdiyevani uşbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!