Saʼdulla Ravşanov — jahon çempionatining kumuş medali sovrindori!

26-Noyabr 2026, 06:55
Universitet yangiliklari
Xabar berilganidek, Toşkent şahrida ötkazilayotgan dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionatida Qarşi davlat universiteti talabasi Saʼdulla Ravşanov muvaffaqiyatli iştirok etib, kumuş medalni qölga kiritdi! -81 kg vazn toifasida bellaşgan sportçimiz yaponiyalik, braziliyalik, gruziyalik va xitoylik raqiblarini mağlubiyatga uçratdi. Yarim finalda fransiyalik dzyudoçidan ustun kelib, finalga yöllanma oldi. Oltin medal uçun keçgan final bellaşuvida esa dzyudoçimiz rossiyalik Yaroslav Bunakovga imkoniyatni boy berdi va jahon çempionatining kumuş medali bilan taqdirlandi. Universitet jamoasi Saʼdulla Ravşanovni uşbu yutuq bilan samimiy qutlab, kelgusi sport faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!