21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

21-Oktabr 2023, 11:28
Ommaviy tadbirlar

Assalomu alaykum!

Avvalombor barchangizni bugungi ayyom - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz to‘rt yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Til - insoniyatga in’om etilgan buyuk ne’mat! U xalq tarixi, ruhiyati, o‘zligini ifodalaydi. Binobarin, betakror madaniy-ma’rifiy boyliklar, asriy qadriyatlar shu tushunchaga payvandlanadi.

Yer yuzida tillar ko‘p, lekin har bir xalq uchun o‘z tili aziz va muqaddas, davlat tili – milliy mustaqillikning timsoli, jamiyat ko‘zgusi va davlat ramzi sanaladi.

O‘zbek tili xalqimizning shu kungacha qo‘lga kiritgan yutuqlaridan eng zalvorlilari qatorida deya, hech shubhasiz, milliy tilimizni e’tirof etsak bo‘ladi.

Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ongu tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

Dilmurod NABIYEV
Qarshi davlat universiteti rektori, professor