
21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
21-Oktabr 2023, 11:21
Ommaviy tadbirlar
Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili yo'nalishi talabalari ishtirokida 1-sonli TTJda 21-oktyabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"ga bagʻishlab "Ona tilim-qalbim quyoshi" mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.
Tadbirda o‘zbek tilining keng imkoniyatlari va jozibasini ko‘rsatadigan she'rlar, badiiy chiqishlar va raqslar, tilimiz ravnaqi yo‘lida hissa qo‘shgan ajdodlarimiz siymosi talabalar tomonidan mohirona ijro etildi.