Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarning yoshlarga “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati

25-Dekabr 2024, 11:26
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarning yoshlarga “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning plenar yig‘ilishini Qarshi davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Xolmo‘min Ismatov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Anjumanda “Oliy ta’lim muassasalarida halollik vaksinasini tatbiq qilish zaruriyati va yo‘llari”, “Korrupsiya: uning tahdidlari va bartaraf qilish yo‘llari” va “Yoshlarni halol mehnat va tahsilga odatlantirish-davr talabi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. Yig‘ilish davomida, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tadbirlarni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari hamda turli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar tashakkurnoma, darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Anjuman sho‘'balarga bo‘lingan holda davom ettirildi.