Akademik va yoshlar uchrashuvi

21-Dekabr 2024, 17:23
Universitet yangiliklari

19-dekabr kuni Qarshi davlat universitetida “Akademik va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich taklif qilindi. Uchrashuvda akademik X.Ibraimov o‘zining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi sermashaqqat hayot yo‘li, bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. 

Talaba-yoshlarni bundan unumli foydalanishga chaqirdi. Pedagog kadrlarning yosh avlod tarbiyasi, ayniqsa, bilimli, salohiyatli bo‘lishidagi mas’uliyati nihoyatda katta ekanligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, o‘tkazilayotgan ilmiy uchrashuvning ahamiyati, milliy ozodlik yo‘lida kurash olib borgan jadid bobolarimiz, ularning siyosiy, ilmiy faoliyati, umuman, jadidchilik harakatining maqsadlari haqida gapirdi. Samimiy muloqot juda qizg‘in, savol-javoblarga boy o‘tdi.