Ijara xonadonlari o‘rganilmoqda
Shu kunlarda Qarshi shahrida ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida Qarshi davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutorlari Qashqadaryo viloyat FV boshqarmasi va Qarshi shahar FV bo'limi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda Matematika va kompyuter ilmlari, Kimyo-biologiya, Iqtisodiyot, Pedagogika, Tibbiyot, Xorijiy tillar, Sport, Tarix fakultetlarining ijara xonadonlarida yashovchi talaba-yoshlarning holidan xabar olinib, yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi.
O’rganishlar davomida talabalar uchun ijara xonadonlarida dars qilishlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi. Xonadon egalariga talabalar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda yanada qulayliklar yaratish borasida zarur tavsiyalar berildi. O'rganish ishlari davom etmoqda.