Kafedra mudiri: b.f.n., dotsent
Bobonazarov G’appor Yodgorovich
Telefon: (99 893) 931-79-31
Elektron manzili: qardu_fizio@edu.uz
Kafedra haqida
Zoologiya kafedrasi 2021 yil oktabr oyida Qarshi davat universitetining yangilangan tuzilmasiga muvofiq Zoologiya va fiziologiya kafedrasi negizida qayta tashkil etildi. Kafedrada jami 13 nafar professor-o`qituvchilar 7,5 shtat birligida faoliyat ko`rsatishadi. Shulardan 2 nafar fan doktori, professor (o’rindosh), 5 nafari fan nomzodi, dotsent, 1 nafari katta o`qituvchi, 4 nafari qituvchi-assistentlar va 1 nafar laborant. Ilmiy salohiyat 70 foizni tashkil etadi.
Zoologiya kafedrasi a’zolari.
Kafedraning hamkorlik aloqalari
Kafedra joriy о‘quv yilida Rossiya Federatsiyasining bir qator universitet va instiutlari (Sankt-Peterburg davlat veterinariya meditsinasi universiteti, N.I.Lobachevskiy nomidagi Nijegorod davlat universiteti ) bilan о‘zaro hamkorlik aloqalarini о‘rnatgan.
Shu bilan bir qatorda: O`zR FA Zologiya instituti,O`zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qashqadaryo viloyat sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi, Shahrisabz hamda Qarshi tibbiyot kollejlari, Qashqadaryo viloyat DSENM, Qashqadaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari, Qashqadaryo viloyat don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tekshirish instituti, shuningdek bir qancha ishlab chiqarish korxonalari (jumladan, Muborak GQIZ, Qashqadaryo viloyat Ovchilar va baliqchilar sport jamiyati, Qashqadaryo viloyati “EKOTUR” MCHJ, Viloyat Vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi) bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.
Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar
Kafedrada 60510100 Biologiya (turlar bo’yicha) yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar hamda 70510101 Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi. Bundan tashqari kafedra a’zolari tomonidan davolash ishi, pediateriya, mevachilik va uzumchilik universitetning barcha yo’nalishlarida darslar olib boriladi.
Kafedrada tashkil etilgan dars jarayonlari, amaliyotlar va turli tadbirlardan lavhalar:
Kafedra qoshidagi ilmiy kengashlar va ilmiy seminarlar
Kafedrada quyidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib boriladi:
1. Jаnubiy О‘zbekistonning umurtqаli vа umurtqаsiz hаyvonlаr fаunаsi vа bioekologiyasi hаmdа ulаrdаn oqilonа foydаlаnish va muhofaza qilish;
2. О‘zbekiston jаnubidа qishloq xо‘jаlik hаyvonlаri vа ekinlаri, ulаr mаhsuldorligigа zаrаr keltiruvchi zаrаkunаndаlаr bioekologiyasi, ulаrgа qаrshi kurаsh chorа-tаdbirlаri.
Kаfedrаdа fаoliyat olib borаyotgаn ilmiy vа ilmiy-uslubiy seminаrlаr tо‘g‘risidа mа’lumot
T.r. |
Seminаr nomi |
Seminаr turi |
Seminаr rаisining F.I.SH., ilmiy dаrаjаsi, unvoni vа lаvozimi |
1 |
Hayvonot olamining dolzаrb muаmmolаri |
Ilmiy |
Bobonаzаrov G‘.YO. – b.f.n., dotsent – rаis; Ro’ziyev B.X. – b.f.n., dotsent – hаmrаis. |
Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati
Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati
Kafedrada 2 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar faoliyat olib boradi. Ular tomonidan 2021-2022 o‘quv yili davomida bir qator darslik, monografiya hamda o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek Xalqaro va Respublika miqyosidagi jurnallarda ham maqolalar chop ettirildi.
Zoologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2022 yilda chop etilgan darslik, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, risolalar ro‘yxati
T.r. |
Nomi |
Turi |
Chop etilgan joyi va nashriyoti |
Hajmi (b.t.) |
Mualliflar |
Darsliklar |
|||||
1 |
Umumiy gidrobiologiya |
Darslik |
Qаrshi Nаsаf nаshriyoti, 2021 |
22 b.t. |
Bobonazarov G‘.Y. Izzatullayev Z. |
2 |
Bioxilma-xillik |
Darslik |
Qаrshi Nаsаf nаshriyoti, 2021 |
16 b.t. |
Bobonazarov G‘.Y. |
Monogrаfiyalаr |
|||||
1 |
O’zbekiston yomg’ir chuvalchanglari faunasi |
Monogrаfiya |
Qаrshi Nаsаf nаshriyoti, 2022 |
5 b.t. |
Rаxmаtullаyev А.Y. |
О‘quv qо‘llаnmаlаr |
|||||
1 |
Biozaralanish |
O‘quv qо‘llаnmа |
Qаrshi, universitet nаshriyoti, 2021 y |
16 b.t |
Rаxmаtullаyev А.Y. Berdiyev J.X. |
2 |
Umumiy gidrobiologiya fаnidаn аmаliy mаshgulotlаr |
O’quv qo’llanma |
Qаrshi Nаsаf nаshriyoti, 2022 |
10 b.t |
Bobonаzаrov G’.Y. |
3 |
Populyatsiyalar ekologiyasi |
O’quv qo’llanma |
Qаrshi Nаsаf nаshriyoti, 2022 |
7.93 |
Bobonаzаrov G’.Y. |
Zoologiya vа fiziologiya kаfedrаsi professor-о‘qituvchilаri tomonidаn 2021-2022 yildа chop etilgаn xorijiy ilmiy mаqolаlаr, OАK tаsаrrufidаgi jurnаllаrdа vа universitet miqyosidаgi jurnаllаrdаgi mаqolаlаr
Kafedrada chop etilgan o’quv adabiyotlar.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash
Biologiya ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabasi Ruiddinov Asilbek, Narzullayev G’anisher, Oqboyev Aziz, Rossiyadagi «Studencheskiy vestnik» va Internauka: International Research Academia, Qozog’istonning xalqaro ilmiy jurnallarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi.
Kafedrada professor-o‘qituvchilar rahbarligida tez-tez iqtidorli talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa turli tadbirlar tashkil etib turiladi.
Kafedrada iqtidorli talabalarni aniqlash, tanlash, qiziqishlariga qarab ilmiy mavzular berish natijasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy natija bermoqda. 2021-2022 o‘quv yilida iqtidorli talabalar soni 20 nafarni tashkil etdi va ular kafedrada ilmiy ish bilan shug‘ullanib, shulardan 10 nafar iqtidorli bitiruvchi talabalar o‘zlarining BMI ni muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Kafedrada 2022 yilda iqtidorli talabalar: Boysunova Maftuna Panji qizi (”Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya” mutaxassisligi, 1 kurs), va Yo’ldosheva Jamila Xayrulla qizi (”Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya” mutaxassisligi, 2 kurs), tomonidan tayyorlangan quyidagi loyiha ishlanmasi startup loyihalar tanloviga taqdim qilingan.
- “Asalarilarni Acarapis woodi kanalaridan (akarapidozdan) muhofaza qilishning ekologik xavfsiz integrallashgan tizimini qo’llash”.
“ Yosh zoolog” to`garaklari a`zolari va iqtidorli talabalar har oyda tegishli mavzuda ma`ruzalar uyushtirib, yaxshi uyushtirilgan mavzular chop ettirishga tavsiya etiladi.
Kafedraning innovatsion loyihalardagi ishtiroki
Kafedrada 2022 yilda quyidagi Kimyo va biologiya yо‘nalishidagi ilmiy-texnika muammolari yechimiga yо‘naltirilgan quyidagi loyihalar ishlanmalari tayyorlangan va loyihalar tanloviga taqdim qilingan:
1. Qаshqаdаryo viloyati shаroitidа аsаlаrilаr pаrаzit kаnаlаrigа qаrshi kurаsh, ulаrdаn аsаlаrilаr oilаlаrini himoya qilishdа fermer xо‘jаliklаri vа аholigа аmаliy yordаm kо‘rsаtish tizimini yarаtish;
2. Qаshqаdаryo viloyatidа keng tаrqаlgаn termitlаrgа qаrshi kurаsh chorа-tаdbirlаrini tаdbirlаrini ishlаb chiqish;
Tadbirkorlik ishlari
Kafedrada 2022 yilda viloyatning quyidagi ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari bilan hamkorlikda 21 mln. sо‘mlik xо‘jalik shartnomalarini amalga oshirish rejalashtirilgan:
1. MGQIZ hududidagi zarakunanda termitlarga qarshi kurash choralari;
2. Shaxrisabz "Ekotur" MCHJ hududidagi hayvonot olamini monitoring qilish;
3. Qashqadaryo viloyati Ovchilar va sportchilar jamiyati bilan Viloyat qushlari faunasi monitoringi;
4. Qarqadaryo viloyati Qarshi tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bilan chorva mollari ekto va endoparazitlariga qarshi kurashish.
Kafedrada oq’itiladigan fanlar
Bakalavriat: |
Magistratura: |
Zoologiya Gistologiya va embriologiya Populyatsiyalar ekologiyasi Entomologiya Biozararlanish Umumiy parazitologiya Zoogeografiya
|
Umumiy gidrobiologiya Akarologiya Intensiv akvakultura Bioxilma-xillik Protozoologiya Zoogeografiya Umumiy parazitologiya Gelmintologiya Malakologiya Teriologiya |
Kafedra tarkibi:
Professor-о‘qituvchilarning FIO |
Ilmiy darajasi va unvoni |
Asosiy shtatda |
|
Bobonazarov G‘appor Yodgorovich |
Kafedra mudiri. biologiya fanlari nomzodi, dotsent. |
O‘roqov Salom O‘roqovich |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent. |
Davronov Barno Orziyevich |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent. |
Ro‘ziyev Baxtiyor Xushmurodovich |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent. |
Rahmatullayev Almardon Yusupovich |
biologiya fanlari nomzodi, dotsent. |
Toshov O‘tkir Jumayevich |
katta o‘qituvchi. |
Norqobilova Zarina Boyqobil qizi |
o’qituvchi. |
Omonova Nafisa Raximovna |
o’qituvchi. |
Xosilova Go’zal Abdikayumovna |
o’qituvchi. |
Orziyeva Yoqutoy Matnazar qizi |
o’qituvchi |
O’rindosh |
|
Izzatullayev Zubayd |
Biologiya fanlari doktori, professor |
Shakarboyev Erkinjon Berdiqulovich |
Biologiya fanlari doktori, professor |
Kabinet mudiri |
|
Rabimova Zilola Shuhrat qizi |
|
Kafedrada olib borilgan tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar.
Kafedrada 2021-2022 о‘quv yilida bu borada quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
- Biologiya yо‘nalishi akadem guruhlarining tarbiyaviy ishlar rejasini bajarilishini tashkil etish
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yо‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, kafedraga berkitilgan umumta’lim maktablari bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirish, tashkil etish va yuqori samaradorlikka erishish.
- Kafedraga berkitilgan Qashqadaryo viloyati mahallalarida “YANGI О‘ZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH” shiori ostida о‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar tashkil qilish va ishtirok etish.
Kafedrada tashkiliy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlardan lavhalar
Kafedra manzili: Qarshi shahri, Ko’chabog’, №17. Kimyo-biologiya fakulteti binosi, 4-qavat