Tibbiyot kafedrasi

29 March, 2023

Kafedra mudiri:

Mamarasulov To‘lqinjon Mirzayevich

Tel.: (+99890) 609-11-55

e-mail: dr.tulqinjon@mail.ru

Kafedra haqida

Tibbiyot kafedrasi 2022-yil sentabr oyida universitet tarkibida tashkil etilgan. Hozirgi kunda tibbiyot kafedrasida 1 nafar dotsent, 3 nafar fan nomzodi va 14 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Barcha o‘qituvchilar magistr darajasiga ega va o‘z sohalarida samarali tadqiqotlar olib borishmoqda.

Kafedrada laboratoriya xonalari turli zamonaviy laboratoriya ishlarni bajarish uchun jihozlangan. Amaliy darslarni olib borish jarayonida zamonaviy jihozlangan xonalar va fanga xos bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar talabalarning bilimini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Kafedra quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi: 

14.00.33-Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashda menejment. Onalar va go‘daklar o‘limi sabab, oqibat, bog‘liqligi va xavf omillari (Qashqadaryo qishloq va shahar materillari asosida) mavzusi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nodirov To‘lqin Saidovich.

14.01.05-Kardiologiya. Qandli diabeti bor infarktdan keyingi erta stenokardiyali bemorlarda agressiv medikamentoz terapiya mavzusi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodi Mamarasulov To‘lqin Mirzayevich.

14.00.33-Chala tug‘ulgan bolalarning sog‘ligi aqliy rivojlanishi va psixosotsial moslashish holatlari mavzusi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodi Tursunqulova Marhamat Ergashevna

03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi. Osteoartrozning yurak-qon tomir kasalliklari bilan patogenetik bog‘liqligi mavzusi bo‘yicha To‘ychiyev Sardor Azamatovichlarning ilmiy tadqiqotlari bugungi kunning dolzarb masalalarini yechishga qaratib kelinmoqda.

Turli yillarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi ishlar nashr etildi: 

Darslik, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar:

- Nodirov T.S. hammualliflikda Sog‘lom turmush tarzi. O‘quv qo‘llanma. 2006-yil, Toshkent. – 167 bet

- Nodirov T.S. Sog‘lom turmush tarzi va oila salomatligi. O‘quv qo‘llanma. 2018-yil, Toshkent. -265 bet

- Nodirov T.S. hammualliflikda Noepidemik kasalliklar epidimiologiyasi va profilakastikasi. Darslik. 2022-yil Toshkent. -318 bet

- Tuychiyev S.A. hammualliflikda Anatomiya. O‘quv qo‘llanma. 2022-yil, Toshkent.

-Cho‘liyeva M.A., Tuychiyev S.A. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy oziq moddalar bilan ta’minlanishi. Monografiya. 2022-yil, Toshkent. -104 bet

- Ro‘ziyev A.SH., Shoxyusupov Sh. Mikrotokkovaya stimulyatsiya golovnogo mozga pri insulte. Monografiya. 2022 g., Toshkent. -145 st.

- Rahmatullayev Y.SH., Tuychiyev S.A., Muhammadiyeva M.M., Shukurov B.S. Clinical characteristics of acute coronary syndrome in young patients. Monograph. 2022 y., Karshi, -152 p.g.

-Ochilov Sh.Z. va hammualliflar Sravnitelnaya otsenka alternativnogo metoda lecheniya erektilnoy disfunksii. Monografiya. Tashkent 2022. -148 s.t.

- Alikulova M.M. Tuychiyev S.A Otsenka funksionalnogo sostayaniya pecheni u bolnix sistemniy sklerodermiyey. Monografiya. Karshi 2022.-175 s.t.

- Amirqulov B. D. va hammualliflar Clinical and functional characteristics of the cardiovascular system involvement in various variants of ankylosing spondylitis. Monograph. Tashkent 2022. -147 p.g.

-Tuychiyev S.A., Boybekov Sh.A. hammualliflar Brutsellyoz bilan kasallangan bemorlarda ichak mikroflorasining o‘zgarishi va uning korreksiyasi. Monografiya. Qarshi 2022. -155 b. 

O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar: 

-Nodirov T.S. Onalik va bolalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va shakllantirish. Uslubiy qo‘llanma. 2009 –yil, Toshkent. -37 bet

- Nodirov T.S. Go‘daklar va bolalar o‘limining o‘rganishning zamonaviy usullari. Uslubiy qo‘llanma. 2011-yil, Toshkent. -18 bet

-Mamarasulov T.M. Qandli diabetli bemorlarda infarktdan keyingi erta stenokardiya. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. 2011-yil, Toshkent. -66 bet 

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

Bugungi kunga kelib kafedra hodimlari universitet miqyosida tuzilgan yosh kafedra bo‘lishiga qaramay o‘quv va ilmiy ishlarda o‘z faoliyatini takomillashtirishda tinmay samarali mehnat qilishmoqda. Xususan, Respublika va Xalqaro miqyosida tashkil etilayotgan qator konferensiya va loyihalarda qatnashib, tajribalarini oshirishmoqda.

Mamarasulov To‘lqin Mirzayevich tibbiyot fanlari nomzodi

Tursunqulova Marhamat Ergashevna tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Nodirov Tulqin Saidovich o‘qituvchi

Muhammadiyeva Mashxura Mustafaqulovna o‘qituvchi

Shuliyeva Muxayyo Azam qizi o‘qituvchi

Ro‘ziyev Adham Shuhrat o‘g‘li o‘qituvchi

Rajabov SHerzodjon Nurmahmad o‘g‘li o‘qituvchi

Baratov Elzodjon Bo‘ranovich o‘qituvchi

Saidova Maftuna Qurbonaliyevna o‘qituvchi

Rustamov Sardor Ulug‘bek o‘g‘li o‘qituvchi

Boybekov SHerzot Aliyevich o‘qituvchi

Salimova Gulihayo Shavkatovna o‘qituvchi 

Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar:

Bakalavriat: 60910200- davolash ishi

60910300-pediatriya ishi

Normal anatomiya

Normal fiziologiya

Patologik anatomiya

Patologik fiziologiya

Gistologiya, sitologiya, embriologiya

Biokimyo

Tibbiy kimyo

Tibbiy biologiya. Umumiy genetika.

Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya

Tibbiyot tarixi

Tibbiyot kasbiga kirish

Lotin tili va tibbiy terminologiyasi 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, jumladan kafedrada iqtidorli talabalar bilan “ustoz – shogird” tizimi asosida o‘z qiziqishlariga binoan ta’lim berilmoqda. Har bir iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar tayinlangan bo‘lib, o‘zlari tanlagan mavzulari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedra faoliyatida iqtidorli talabalarni qo‘llab – quvvatlagan holda, ularning bilimlarini nafaqat nazariy, balki, amaliy jihatdan qo‘llash maqsadida viloyatdagi qator tibbiy muassalarda yangi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishiga imkon yaratilmoqda. Bu esa, ularda tibbiyot kasbiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtidorli talabalardan iborat jamoalar Respublika miqyosida tashkil etilayotgan qator tadbirlar, konferensiyalar va davra suhbatlarida qatnashishiga sharoit yaratilmoqda. O‘z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan fan olimpidalarida qatnashish istagida bo‘lgan talabalarga qo‘shimcha darslar va to‘garaklar tashkil etilgan.

 

Sahifalar

Tibbiyot fakulteti
Tibbiyot kafedrasi