Masofaviy ta’lim kafedrasi

14 November, 2022

Kafedra mudiri: i.f.n.dotsent

Erkayeva Gulbaxor Panjiyevna

Telefon: (+99890) 716-76-90

Elektron manzili:egulbahor@mail.ru

Kafedra haqida

“Masofaviy ta’lim” kafedrasi 2022  yil avgust oyida Qarshi davlat universiteti ilmiy Kengashining _____ sonli qarori bilan tashkil etildi. Kafedra Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti huzurida tashkil etilgan.

Hozirgi vaqtda kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent G.P.Erkayeva rahbarlik qilmoqda.

Kafedra universitetning asosiy o‘quv-ilmiy tarkibidan biri hisoblanadi. Kafedraning asosiy maqsadi – yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ularga mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari  diplomlarini olish imkoniyati ta’minlash uchun ilg‘or xorijiy mamlakatlar, shu jumladan Rossiya va Belorussiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish. 

Bugungi kunda kafedra RFning Belgorod davlat univesiteti (BelGU), Moskva davlat lingvistika universiteti (MDLU), Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti (PIMU) va Belorussiyaning Grodno davlat universiteti (GrDU) va boshqalar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida yuqori malakali va raqobatbardosh, mutaxassislarni tayyorlamoqda. Shu bilan bir qatorda bitiruvchilarda Xorijiy OTM  diplomini olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Kafedra bitiruvchilarining asosiy iste’molchilari – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi,Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, xususiy korxonalar va xizmat ko‘rsatish sektorlari hisoblanadi.

Kafedradagi fanlarni o‘qitishga ilmiy darajaga ega, salohiyatli professor-o‘qituvchilar jalb qilingan.

Hozirda kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 40 nafar o‘rindoshlik asosida jumladan: 1 nafar iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; 6 nafar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; 2 nafar falsafa fanlari nomzodi, dotsent, 2 nafar texnika fanlari nomzodi dotsent, 2 nafar fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, 6 nafar  PhD, dotsent,  9 nafar katta o‘qituvchi, 12 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

Kafedrada 6 ta bakalavriat  ta’lim yo‘nalishida talabalarga bilim beriladi. Jumladan:

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab 3+1 qo‘shma dasturi asosida: Belgorod davlat universiteti bilan 5110800 “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, Moskva davlat lingvistika universiteti bilan 60540100 - “Linvistika (ingliz tili)”, 2020-2021 o‘quv yilida Belgorod DU bilan hamkorlikda 60230100-“Russkiy yazik kak  inostranniy”, Privoljsk ilmiy-tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda 4+2 qo‘shma dasturi asosida 60910200 - “Davolash ishi” va 60910300-“Pediatriya ishi”,  2+2 dastur asosida Belorussiyaning Yanka Kupala nomidagi Grodniy davlat universiteti bilan hamkorlikda 60540200-“Amaliy matematika” yo‘nalishlarida  talabalar tahsil olmoqda.

Hozirgi vaqtda kafedra huzurida bakalavriatda 270 nafar talaba tahsil olmoqda. Bundan tashqari 68 nafar talaba xorijiy hamkor universitetlarda o‘qishini davom ettirmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Fanlarning ishchi o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.

Kafedrada magistratura mutaxasisligi

2019-2020 o‘quv boshlab RF Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda 4 ta magistrlik ta’lim dasturlari tashkil etildi:

70230101 – Lingvistika (roman-german tillari) /44.04.01- Pedagogik ta’lim. “Chet tillarida ta’lim” magistratura dasturi

70510101 - Biologiya (botanika) /06.04.01 Biologiya. “Ekologiya” magistratura dasturi;

70230101- Lingvistika (rus) /45.04.01 Filologiya. Rus tili magistratura dasturi;

70230301 – Tarix (mintaqalar va mamlakatlar / 46.04.01 Tarix. Magistratura dasturi Yevroosiyoda mintaqaviy jarayonlar tarixi.

2022-2023 yilda biologiya yo‘nalishidan tashqari qolgan barcha mutaxasisiliklarga qabul amalga oshirildi. Hozirda magistraturada jami 28 nafar talaba tahsil olmoqda.

Kafedraning innovatsion loyihalardagi ishtiroki

Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekani N.Azizova va kafedra mudiri G.Erkayevalar tomonidan AQSH Davlat  departamentining kam ta’minlangan, ko‘p bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun "English Access Microscholarship Program"  xalqaro loyihasi  amalga oshirilmoqda. Loyiha budjeti $50000.

 Kafedraning dotsenti N.Azizova  Yevropa Ittifoqining Erasmus + dasturi doirasida “Xalqaro kredit mobilligi ” dasturini Slovakiyaning “Nitra Konstantina falsafa universiteti” bilan  hamkorlikda professor-o‘qituvchilar almashinuvida ishtirok etmoqda.

Fullbright dasturi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislar taklif etish asosida mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Kafedra tarkibi (asosiy shtatdagilar):

Erkayeva Gulbaxor Panjiyevna  - iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent

Milovanova Yelena Valeryevna – katta o‘qituvchi

Ubojenko Anna Stanislavovna –katta o‘qituvchi

Akifyeva Olesya -o‘qituvchi

Smirnov Konstantin – katta o‘qituvchi

Egamberdiyev Murod Farxodovich –o‘qituvchi

Chariyeva Dilnoza Aliqulovna - o‘qituvchi

Shodixonov Saidazim - o‘qituvchi

Tirkashev Akmal - o‘qituvchi

Kafedraning madaniy-ma’rifiy faoliyati

Kafedra xodimlari va talabalari universitet, viloyat va respublika miqyosida tashkil qilinayotgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Quyida ushbu jarayonlardan namunalar aks ettirilgan suratlarni ko‘rishingiz mumkin.

Sahifalar

Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti
Masofaviy ta’lim kafedrasi