Ingliz filologiyasi fakulteti

14 December, 2022

Fakultet tarixi

Qarshi davlat pedagogika institutida 1965-yilda xorijiy tillar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz va nemis tili ixtisosligiga talabalar qabul qilindi va chet tillar bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 1968-yil 4-dekabrdagi 526-sonli buyrug‘iga muvofiq mazkur bo‘lim “Chet tillar” fakultetiga aylantirildi. Qarshi davlat pedagogika institutiga 1992-yilda Universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet “Xorijiy tillar ” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tuzilmasida (2011-yil) Roman-german filologiyasi, 2014-yil 30-iyunda universitet fakultetlari va kafedralari yangi tuzilmasi qayta tasdiqlanishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 8-iyuldagi qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o`zgartirildi.

Fakultet haqida ma’lumot

Qarshi davlat universitetida ko’p yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan fakultet – Xorijiy tillar fakulteti 2021 – yil, sentyabr oyida ikkiga bo’lindi. Ular  – Roman-German Filologiyasi fakulteti va Ingliz filologiyasi fakultetlari. Shulardan Ingliz filologiyasi fakulteti o’z ichiga uchta kafedra – Ingliz tili va adabiyoti, Ingliz tilini o’qitish metodikasi va amaliyoti, Fakultetlararo ingliz tili kafedralarini qamrab olgan fakultet hisoblanadi. Fakultet professor-o’qituvchilari yuqori malakali, o’z kasbiga fidoyi bo’lgan jamoa a’zolarini tashkil etadi. Fakultetning asosiy maqsadi – yurtimizdagi yoshlarga yuqori o’qitish standartlari bo’yicha ta’lim berish va kelajakda vatanimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi yetuk kadrlarni tayyorlash.

Fakultet ma'muriyati

Ingliz filologiyasi fakulteti dekani


Xodjayorov Malik Berdimurodovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

Mobil telefon: (+998 91) 166 11 17

E-mail: khodjayorovm@bk.ru

Telegram: https://t.me/KhodjayorovMalik

Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari


Homidov Bohodir Nabiyevich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanbadan - juma)

Telefon: (+998 91) 210-22-77

E-mail: boxami@mail.ru

Fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari


Arslonov Farxodjon Murotovich

Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha

Telefon: (+99897) 200 11 01

E-mail: kingarslon@gmail.com

Fakultet dekanining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari


Bobonazarova Diyora Alisherovna

Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+998 93) 930-20-37

E-mail: sunny.diyora@mail.ru

Fakultet dekanining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari

Murodov Habibullo Abduqodirovich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha

Telefon: (+998 97) 200-42-74

E-mail: malikmurodov6@gmail.com

FAKULTETNING HAMKORLIK ALOQALARI

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Jumayeva Amerika Qo‘shma Shtatlari, Nyu York shtati, Albani shahrining “Hartwick” kollejida grant loyihasi asosida  o‘z malakasini oshirib keldi.

2022-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari F. Aminov, N. Farmonov va M. Xoliqovalar Innovatsion rivojlanish vazirligi fondi asosida Polshaning Zielonagora universitetida amaliyot o‘tab, malaka oshirib keldilar.

 

FAKULTET KAFEDRALARI

Ingliz filologiyasi fakultetida bugungi kunda 1070 nafar talaba tahsil oladi va quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

Bakalavriat:

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti;

Hozirgi kunda fakultetda 67 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi, shundan 1 nafari fan nomzodi, dotsent, 4 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 9 nafar katta o‘qituvchi, 53  nafar assistent-o‘qituvchilardir,

Fakultet tarkibidagi kafedralar:

Ingliz tili va adabiyoti

Ingliz tilini o‘qitish metodikasi va amaliyoti

Fakultetlararo ingliz tili (ijtimoiy va gumanitar yo‘nalishlar uchun)

Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi

Ingliz tili o’qitish metodikasi va amaliyoti

Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi