Ikkinchi mutaxassislikka qabul

12-Avgust 2024

Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish istagida bo‘lganlar diqqatiga!

2024/2025 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Eslatib o’tamiz Qarshi davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) bo‘yicha quyidagi ta’lim yo’nalishlar mavjud:
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
Psixologiya: amaliy psixologiya;
Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo’yicha).

Ta’lim shakli: sirtqi

Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
o'qish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Batafsil  https://lex.uz/uz/docs/-5657199.

Qarshi davlat universitetida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik)ka qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
+99890 666 92 95
+99890 881 8031
+99875 220 00 01

Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish uchun  Qarshi davlat universitetiga yakka tartibdagi suhbat asosida  o‘qishga qabul qilish bo‘yicha baholash mezoni

Ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish uchun  Qarshi davlat universitetiga yakka tartibdagi suhbat asosida  o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazish jadvali