Cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati kafedrasi

7 November, 2022

Kafedra mudiri:  o‘qituvchi

Azizov Fayoz Samiyevich

Telefon: (+998 99) 565-58-50

Elektron manzili: fayoz.azizov@bk.ru

Kafedra tarixi

Qarshi davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti, Musiqiy ta’lim kafedrasi negizida 2021 yil 23 sentabrda “Cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati” kafedrasi tashkil etildi.

Mazkur kafedrada asosiy shtatda 17 nafar professor-o‘qituvchi, shundan 1 nafar dotsent, 1 nafar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 2 nafari katta o‘qituvchi, 14 nafar assestent-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra 5150600 – Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik), 5150700 – Cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ko‘p yillik ilmiy-uslubiy faoliyati davomida ilmiy monografiya (1), o‘quv-qo‘llanma (3), tayyorlangan. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalari xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi.

Kafedrada “Qashqar rubobi genezisi va rivojlanish shakllari”, “Do‘mbira genezisi va rivojlanish shakllari”, “O‘zbek dostonchilik maktablarida ijrochilik xususiyatlari (Qashqadaryo dostonchilik maktablari misolida)” hamda kabi ustuvor mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ijodiy faoliyat

Kafedra qoshida o‘zbek xalq cholg‘ulari tarkibli talabalar o‘quv orkestri (rahbar: Q.Qurbonov), “Fayzinur” nomli ko‘p ovozli cholg‘u ansambli (raxbar Abdullayev R.) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Orkestr va ansambl tarkibiga iqtidorli talabalar jalb etilgan.

2022 yilning 8 may sanasida Musiqa talimi kafedrasining faxri, ustoz Sami Aziz o‘g‘lining 89 yilligi tavalludi  munosabati bilan fakultet qoshida “Inson qadri ulug‘- xotira abadiy” nomli xotira tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va manaviy - marifiy ishlar bo‘yicha prorektor E.H. Ibragimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Xolmirzayev, Musiqa talimi va Cholg‘u ijrochiligi va vokat sanati kafedrasining professor o‘qituvchilari,  mehmonlar va talabalar ishtirok etishdi. 

2022 yilning 11 iyun sanasida esa kafedrada “Musiqa sanati sohasida fanlarning o‘qitilishining ilmiy- metodik asoslari “ Respublika onlayn ilmiy -amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyaga Toshkent pedagogika institutidan, Samarqand davlat universitetidan, Termiz davlat universitetidan mazkur soxa professor o‘qituvchilari taklif etildi.

“Kafedra professor-o‘qituvchilari musiqa asarlarini notalashtirish xizmati (dots. A. Raxmonqulov, o‘qituvchilar R. Abdullayev va D. Abdullayev), milliy maqom qo‘shiqlari, estrada qo‘shiqlari, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish xizmatlarini ham taqdim etadi.

Dotsent A. Raxmonqulov, o‘qituvchilar R. Abdullayev va D. Abdullayev boshchiligidagi San‘atshunoslik fakulteti,Cholg‘u ijrochiligi va vokal san‘ati kefedrasi talabalar o‘quv orkestri 2022 yil 17 iyun kuni "Oq yo‘l sizga bitiruvchilar" nomli konsert dasturini , 2022 yil 27 sentabrda Qashqadaryo viloyat teatrida o‘z ijodiy konsert dasturlari  xamda  2022 yil 28 oktabrda Kompozitor Farhod Alimov 75 yillik xotira kechasida, kompozitor ijod namunalaridan tashkil topgan asarlar ijrosida konsert dasturini namoyish etishdi.

 

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: “Musiqa fanlarini o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari”.

Kafedrada: 5150600 –Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

O‘qitiladigan fanlar: Bakalavriat

Jahon musiqasi tarixi

O‘zbek musiqasi tarixi

Xalq musiqa ijodiyoti

Sharq xalqlari musiqa tarixi

Maqom asoslari

Solfedjio

Garmoniya

Musiqa asarlari tahlili

Fortepiano

Ansambl sinfi ( an’anaviy xonadalik)

Maqom yakka xonanligi

Cholg‘u sozlarini o‘rganish

Xalq kuylarini notalashtirish

An’anaviy xonadalikni o‘qitish uslubiyoti

Ansambl bilan ishlash uslubiyoti( an’anaviy xonadalik)

Ovozni yo‘lga qo‘yish

An’anaviy xonandalik asoslari

Kafedrada: 5150700 – Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlanadi.

O‘qitiladigan fanlar: Bakalavriat

Jahon musiqasi tarixi

O‘zbek musiqasi tarixi

O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi

Xalq musiqa ijodiyoti

Sharq xalqlari musiqa tarixi

Solfedjio

Garmoniya

Musiqa asarlari tahlili

Polifoniya

Fortepiano

Orkestr sinfi (xalq cholg‘ulari orkestri)

Xalq cholg‘ularida ijrochilik

Dirijyorlik

Turdosh cholg‘ularni o‘rganish

Ansambl sinfi (xalq cholg‘ulari)

Xalq kuylarini notalashtirish (xalq cholg‘ulari)

Ijrochilik san’ati tarixi

Xalq cholg‘ularida o‘qitish uslubiyoti

Konsert ijrochiligi asoslari

Ansambl bilan ishlash uslubiyoti

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

Azizov Fayoz Samiyevich – kafedra mudiri, katta o‘qituvchi

Ismoilova Mahbuba Elamonovna – p.f.n., katta o‘qituvchi, xalqaro tanlov lauriyati

Qurbonov Qo‘ldosh Yo‘ldoshevich–o‘qituvchi, xalqaro tanlov lauriyati

Xodjaniyazov Islomboy Atabayevich – o‘qituvchi, xalqaro tanlov lauriyati

Xalilova Oygul Temirovna – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Raxmonqulov Abdujabbor Nadjimovich - dotsent

Bobonazarova Gulrux Yunusovna – o‘qituvchi

Boboyev Omonxon Muhammadiyevich – o‘qituvchi

Radjabova Dilfuza Allakulovna – o‘qituvchi

Muradov O‘ktam Abdunabiyevich – o‘qituvchi

Soxibov Asadullo Ibragimovich – o‘qituvchi

Sunnatova Nazokat Namatovna – o‘qituvchi

Abdullayev Ravshanjon SHeraliyevich – asistent o‘qituvchi

Abdullayev Dostonbek Inom o‘g‘li- asistent o‘qituvchi

Qudratov Mexroj Pardaqul o‘g‘li- o‘qituvchi konsertmeyster

Kafedra manzili: Qarshi shahri  Ko‘chabog‘, 17-uy