AKADEMIK LITSEY QO‘LGA KIRITILGAN YUTUQLARI

10 November, 2022

2021-2022-yilda qo`lga kiritilgan yutuqlar 

1.      “ZAKOVAT” nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “ZAKOVAT” intellektual o`yininig viloyat bosqichida Qarshi davlat universiteti akademik litseyi o`quvchilaridan tarkib topgan “FOREVER” jamoasi faxrli II-o`rinni qo`lga kiritib, Respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi.

 

2.      “ZAKOVAT” nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “ZAKOVAT” intellektual o`yininig Respublika bosqichida Qarshi davlat universiteti akademik litseyi o`quvchilaridan tarkib topgan “FOREVER” jamoasi namunali o`yin ko`rsatib, 7-o`rinni qo`lga kiritib, kuchli o`ntalik tarkibidan joy oldi.

 

3.      Sportning “Qo`l jangi” turi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida 2001-2002-2003-2004-2005 yillarda tug`ilgan yoshlar o`rtasida “Qashqadaryo viloyat ochiq birinchiligi” musobaqasida 80 kg vazn toifasi sovrindori bo`lganligi uchun QDU akademik litseyi 2 bosqich o`quvchisi Qo`chqorov Asilbek O`zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari “Qo`l jangi” federatsiyasi Qashqadaryo viloyati bo`limi tomonidan III diplom bilan taqdirlandi.

 

4.      Mahalla yoshlari o`rtasida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi YOSH KITOBXON tanlovining tuman bosqichida 1-o`rinni egallaganligi uchun QDU akademik litseyi 2 bosqich o`quvchisi Abatova Sevinch Yoshlar ishlari agentligi tuman bo`limi tomonidan faxrli I-darajali diplom bilan taqdirlandi.

 

5.      Mahalla yoshlari o`rtasida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi YOSH KITOBXON tanlovining sektor bosqichida 1-o`rinni egallaganligi uchun QDU akademik litseyi 2 bosqich o`quvchisi Abatova Sevinch Yoshlar ishlari agentligi tuman bo`limi tomonidan faxrli I-darajali diplom bilan taqdirlandi.

 

6.      Mahalla yoshlari o`rtasida besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning YENGIL ATLETIKA turi bo`yicha o`tkazilgan sport musobaqasining tuman bosqichida 16-21 yosh toifasida 1-o`rinni egallaganligi uchun QDU akademik litseyi 2 bosqich o`quvchisi Panjiyeva Gulzoda Yoshlar ishlari agentligi Mirishkor tumani bo`limi tomonidan I-darajali diplom bilan taqdirlanadi.

7.      Qarshi davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Fayzullayev Hasan sportning “Qo‘l to‘pi” bo‘yicha tumanlararo bo‘lib o‘tgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

8.      Qarshi davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Ko‘chimov Said sportning “KARATE WKF” turi bo‘yicha viloyat-shahar birinchiligida faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, “HOKIM KUBOGI” sovrindori bo‘ldi.

9.      Qarshi davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Qurbonova Marjona “VREMYA ZNANIYA” xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va diplom bilan taqdirlandi.

10.  Qarshi davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Arslonov Akmal “Eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi” loyihasida faol ishtirok etib , faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.