Turizm taraqqiyotga yo‘l ochadi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 18-iyul sanasidagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-269-sonli qarori ijrosi hamda 27-sentyabr
“Xalqaro turizm kuni" munosabati bilan Qarshi davlat universitetining yangidan foydalanishga topshirilgan Turizm amaliyot markazida tadbir tashkil etildi.
Unda viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Zakirov, Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori M.Abdulhayirov, Toshkent davlat transport universiteti professor-o’qituvchilari, viloyatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti vakillari, Qashqadaryo viloyati yosh turizm elchilari kengashi a’zolari hamda Iqtisodiyot fakulteti Turizm va marketing kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida turizm sohasida “Dual talim”ni tashkil etish, nazariya va amaliyot uyg’unligini ta'minlash maqsadida hamkorlik shartnomalari imzolanidi va Yosh turizm elchilari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir yakunida kelishilgan hamkorlik istiqbolini davom ettirish belgilab olindi.