Samimiy muloqot takliflarga boy bo'ldi

30-Sentabr 2024, 09:14
Universitet yangiliklari

25-sentyabr kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi. Tadbirga Prezident adminstratsiyasi mas’ul hodimi A.Murtazayev, Yoshlar ishlari agentligi direktor o‘rinbosari F.Ablayarov, Agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi A.Ahmedov, viloyat hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar kotibiyati mudiri S.Saidov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i O.Mavlonov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi A.Yangiyev taklif etildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlar bilan dildan suhbatlashish asnosida ularning ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish orqali muammolarini hal qilishga qaratildi. Ko'plab taklif va tashabbuslar, istiqboldagi rejalar tinglandi. Tadbir mehmonlari mamlakatimizda yoshlar masalasiga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilayotganligi, jamiyatning asosiy tayanchi sifatida ilm-fan sirlarini puxtaroq o‘rganish maqsadga muvofiq ekanligini alohida ta’kidlashdi.