Universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi saylandi
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang'ich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi A.Yangiyev so'zga chiqib, universitet boshlang'ich tashkilot faoliyati xususida tahliliy to'xtalib o'tish bilan bir qatorda ittifoq tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishtirdilar.
Shundan so'ng universitet yoshlar yetakchisi D.Ravshanovning 2023-2024-o'quv yilida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi hamda faoliyati qoniqarli deb topilib universitet boshlang'ich tashkilot yetakchisi etib qayta saylandi. Tadbir so'nggida universitet boshlang'ich tashkiloti yetakchisi, shuningdek, kengash va fakultet koordinatorlariga guvohnomalar topshirildi.