Universitet talabasi Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

20-Sentabr 2024, 10:27
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 12-16-sentyabr kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. 

Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti dzyudo ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi O‘g‘iloy Jumanova mamlakatimiz qo‘l jangi federatsiyasi terma jamoasi tarkibida ushbu musobaqada ishtirok etib, barcha raqibalarini mag‘lub qildi va Osiyo chempioniga aylandi.  

Ma’lumot o‘rnida, turnirda 12 davlatdan 300 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun kurashdi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zolari 9 ta oltin 5 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arib umum jamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.