Universitet talabasi "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi. (https://president.uz/uz/lists/view/7354)

Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - 1994-yilda Muborak tumanida tug‘ilgan. Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti 3-bosqichda tahsil oladi. 

Hozirgi vaqtda u Muborak tumanidagi "Boʻston" mahallasida yoshlar yetakchisi lavozimida mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Talabamizni ushbu yutug‘i bilan samimiy qutlaymiz!