Qarshi davlat universiteti doktorantlari Slovakiyaning Zilina universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda

Ayni kunlarda Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti Dilfuza Atamurodova hamda Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi tayanch doktoranti Gavhar Abdullayeva Slovakiya davlatining Jilina universitetida ilmiy stajirovga o'tashmoqda. Stajirovka  davomida tayanch doktorantlar mazkur universitetning Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Lenka Kalusova bilan uchrashib, rejalashtirilgan stajirovka doirasidagi ishlarni muhokama qildilar. 

Shuningdek, universitetining Pedagogika va gumanitar fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari Marta Lakova hamda Marik Hampellar bilan muloqot tashkil etilib, o'quv jarayoni, asosiy ilmiy yo`nalishlar hamda mavjud kutubxonalar bilan tanishildi. Shu bilan birga, doktorantlar ayni damda Jilina universitetida xalqaro dastur asosida faoliyat yuritayotgan Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti v.b dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Nilufar Jumayevadan ham ilmiy ish yuzasidan ko'rsatmalar olishdi.